Buxoro yangiliklari

Romitanda maktablar yonida xavfsiz o‘tish joylari tashkil etilib, yo‘l chiziqlari yangilanmoqda

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Romitan tumanidagi ta’lim muassasalari yaqinida baland piyodalar o‘tish joylari tashkil etilib, mavjud o‘tish joylaridagi yo‘l chiziqlari yangilanmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Amaliy ishlar o‘quvchilar va piyodalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda haydovchilarning belgilangan tezlikka rioya etishini ta’minlash maqsadida olib borilmoqda.

Ta’lim muassasalariga tutash yo‘llarda tashkil etilayotgan o‘tish joylari va yangilanayotgan chiziqlar haydovchilar e’tiborini oshirish, transport vositalari tezligini pasaytirish hamda o‘quvchilarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishi uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan.

Boshqarma axborot xizmatining yana bir xabariga ko‘ra, Romitan tumanida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash doirasida yo‘l chiziqlarini chizish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar transport vositalari va piyodalar harakatini tartibga solish, yo‘ldagi harakatlanish tartibini aniq belgilash, haydovchilarning yo‘l belgilari va chiziqlariga e’tiborini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Yo‘l chiziqlarining aniq va ravshan ko‘rinishi, ayniqsa, tungi vaqtda hamda ko‘rish imkoniyati cheklangan sharoitlarda yo‘l harakati ishtirokchilari uchun muhim ahamiyatga ega.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va inson hayotini asrashga qaratilgan bu ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version