Buxoro yangiliklari

Shofirkonlik sportchilar Jahon kubogida 18 ta medalni qo‘lga kiritdi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Shofirkon tumani sport maktabi sportchilari O‘zbek jang san’ati bo‘yicha Jahon kubogida jami 18 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Axborot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Musobaqa 2026-yilning 5–8-oktabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Shofirkonlik sportchilar unda murabbiylar Latofat Raximova va Olim Bahronov boshchiligida ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida jamoa 4 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version