Buxoro yangiliklari
BDU voleybolchilari O‘zbekiston Kubogida uchta uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi

Toshkent shahrida davom etayotgan voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogida Buxoro davlat universiteti — BuxDU jamoasi Samarqand davlat universiteti — SamDU jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
BuxDU qizlar jamoasi bundan avval Jizzax viloyatining JDPI voleybol jamoasi ustidan ham 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozongan. SamDU bilan bahsdagi natija buxorolik voleybolchilarning musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi.
BuxDU o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi esa Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlarining “Semurg‘” jamoasiga qarshi uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Avvalgi uchrashuvlar haqida berilgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Kubogi doirasidagi navbatdagi bahslar 8-oktabr kuni Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi sport majmuasida boshlangan. Ayollar o‘rtasidagi Kubok bahslari davom etmoqda.