Buxoro yangiliklari

Gazlida saksovulni noqonuniy olib ketganlarga 33 million so‘m jarima qo‘llanildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Gazli shahri cho‘l hududidan saksovulni noqonuniy olib ketayotgan fuqarolar to‘xtatilib, ularga 33 million so‘m jarima qo‘llanildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Qonunbuzarlik Romitan tumani Ekologiya bo‘limi hamda Buxoro davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari ishtirokidagi reyd davomida aniqlandi. Peshku tumanida yashovchi fuqarolar saksovulni Gazli shahri cho‘l hududidan noqonuniy ravishda terib, davlat raqam belgisisiz GAZ-53 rusumli yuk avtomashinasida olib ketayotgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan 33 million so‘m jarima qo‘llanildi. Tabiatga yetkazilgan zarar esa 25 million so‘m etib belgilandi.

Bosh boshqarma saksovul cho‘l ekotizimining muhim tarkibiy qismi ekanini eslatdi. U qumlarning ko‘chishini cheklash, tuproqni mustahkamlash va cho‘l hududlarida ekologik muvozanatni saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version