Buxoro yangiliklari

Buxoroda 13 ta shahar atrofi avtobus yo‘nalishi uchun tenderlar o‘tkaziladi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro viloyatida 13 ta shahar atrofi yo‘nalishi bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma asosida tenderlar o‘tkaziladi. Bu haqda Buxoro viloyati transport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Tenderlar 2026-yil 9-noyabr kuni soat 12:00 da bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Tanlovga quyidagi shahar atrofi yo‘nalishlari qo‘yilgan:

  • 358 — Buxoro avtovokzali — Xayrabotcha
  • 359 — Buxoro avtovokzali — Vobkent avtostansiyasi
  • 360 — Madaniyat bosh bekati — Ibn Sino
  • 365 — To‘qimachi bosh bekati — Bog‘idasht
  • 375 — To‘qimachi bosh bekati — Xumin
  • 376 — Xayrabotcha — G‘ijduvon avtostansiyasi
  • 400 — Vobkent avtostansiyasi — Zarbdor
  • 399 — Vobkent avtostansiyasi — Rozmoz
  • 382 — Kogon avtostansiyasi — Katta Orgun
  • 406 — To‘qimachi bosh bekati — O‘rta rabot
  • 393 — G‘ijduvon avtostansiyasi — Zarangari
  • 397 — G‘ijduvon avtostansiyasi — Mazragan
  • 372 — Madaniyat bosh bekati — Varaxsha

E’londa sanab o‘tilgan barcha yo‘nalishlar M3 toifasiga mansub bo‘lib, har ikkala tomondan qatnov uchun tenderga qo‘yilgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version