Buxoro yangiliklari

Buxoroda ikkita shahar atrofi yo‘nalishi uchun ochiq tender e’lon qilindi

Illyustrativ surat: Buxoroisharif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Buxoro viloyatida ikkita shahar atrofi yo‘nalishini tashuvchilarga uzoq muddatli shartnoma asosida biriktirish uchun ochiq tender o‘tkaziladi. Bu haqda Buxoro viloyati transport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Ochiq tender 2026-yil 14-noyabr kuni soat 12:00 ga belgilangan. Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha lotlar taqdim etiladi:

  • 289-sonli “Peshku Chorraxa — Buxoro avtovokzali” yo‘nalishi — ikki tomonlama, M1 toifasi.
  • 437-sonli “Madaniyat bosh bekati — Yangi Turmush” yo‘nalishi — ikki tomonlama, M3 toifasi.

Tenderda qatnashish istagidagi talabgorlar takliflarini e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etadi. E’lon yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlariga qaratilgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version