Munajjimlar bashorati
Munajjimlar başorati (22.10.2026)

2026-yilning 22-oktabr, payşanba kuni uçun munajjimlar başorati
Qöy (21.03 — 20.04)
Agar iş joyingizdagi hamkasblar bilan munosabatlarga putur yetkazmasangiz, işlaringiz albatta baroridan keladi. Şu bahonada professionalligingizni barçaga yana bir karra namoyiş eting. Pul tanqisligi ruhiy holatingizga qaqşatkiç zarba bera boşlaşi kutiladi. Çunki moliyaviy muşkulotlarni deb dam olişdan, olis safarga otlanişdan tiyilişga majbur bölasiz. Lekin bu abadiy emas. Erta-indin albatta joyiga tuşadi, kissangiz pulga töladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
22-oktabr kuni yöl-yölakay qoqinmaslik uçun işingiz bilan boğliq yangi strategiyani işlab çiqing. Şunda közlangan ezgu maqsadlarga erişişingiz oson keçadi. Xotirjam böling, sizning professional kasbingiz bilan boğliq plyus taraflaringizni albatta munosib baholaşadi. Yuqori lavozimda işlaydiganlardan biri kunning ikkinçi yarmida serdaromad iş va yuqori lavozim taklif etişi mumkin. Şaxsiy hayotda juftingiz bilan orangizda jiddiy muammolar yuzaga kelişi mumkin.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Agar sizning fikringizga qöşilişmasa, u odamlardan yuz buring va işingizni özingiz bilgan, xohlagan sur’atda davom ettiring. Asosiysi, rahbarlar siz tomonda. Ayrim oğziga kuçi yetmaydiganlar sizni qaşşoqdan olib qaşşoqqa solişi mumkin. E’tibor qilmang. Ular ğiybat qilaveradi, sizga xudo beraveradi. Demak, bu jangda faqat siz ğolib bölasiz. Bugun odam köp töplanadigan joylardan nariroq yurişingiz tavsiya etiladi. Köngilsiz vaziyatlarda qolib ketişingiz mumkin.
Qisqiçbaqa (22.06 — 23.07)
22-oktabrda sizni tuşunadigan, sizga açinadigan, yordam qölini çözişdan çöçimaydigan ajoyib insonlar bilan hamsuhbat bölasiz. Ular qarindoşlaringiz yoki yaqin döstlardan biri bölib çiqişi ham ehtimoldan xoli emas. Yaxşi insonlar nafaqat moddiy kömak berişadi, balki qimmatbaho maslahatlarini ham sizdan ayaşmaydi. Şaxsiy biznesni taraqqiy toptiriş uçun bugun qulay imkoniyatlar mavjud. Organizmni jismoniy zöriqtirişdan saqlaning. Bu narsa salomatligingizga putur yetkazişi mumkin.
Arslon (24.07 — 23.08)
Arslon burji vakillari bugun kim moddiy yordam sörasa, rad etmasliklari zarur. Buning uçun moddiy ahvolingiz yetarliça yaxşi. Qaçonlardir hamkorlik qilgan bir odam sizga yangi loyihani birgalikda hayotga tatbiq etişni taklif qilişi mumkin. Agar daromadi arzirli bölsa, rozi böliş kerak. Immunitetni kötariş uçun suv yordamida tanani çiniqtiriş maşqlarini bajaring. Kerak bölsa, pulli basseynlarga boring. Özingizga foyda. Keçqurun albatta toza havoda sayr qiling.
Parizod (24.08 — 23.09)
22-oktabr kuni nafaqat juda yorqin bir hodisaga guvohlik qilasiz, balki özingiz ham şu hodisada iştirok etasiz. Qarindoşlaringiz tarafidan yetkaziladigan xuşxabarlar sizga optimizm hadya etadi. Bu xabarlar salomatlik, pul va meros masalasida bölib çiqişi mumkin. Agar xavfli viruslar yuqtirişni xohlamasangiz, gigienaga qat’iy rioya qiling. Keçqurun madaniy hordiq çiqariş uçun qulay keçadi. Surunkali xastalikka yöliqqanlar salomatliklari haqida köproq qayğursinlar.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Oila qurmaganlarning aksariyati bugun kunning birinçi yarmida romantik tanişuvlarni boşdan keçiradi. Faqat özingizdagi kamçilik va nuqsonlarni hadeganda oşkor qilaverişdan tiyiling. Taşqi körinişingizga har tomonlama özgartişlar kiritiş uçun bugungi kun juda xayrli va qulay keçadi. Keçqurun ba’zilar jufti yoki bölğusi juftidan yoqimli bir sovğani qabul qilib olişi kutiladi.
Çayon (24.10 — 22.11)
22-oktabrda şunday bir xabar eşitasizki, bu hayotingizni tubdan özgartirib yuborişi ham heç gap emas. Bu farzand körganingiz haqidagi xabar bölib çiqişi ham mumkin. Işni va yaşaş joyini özgartiriş uçun bugun qulay imkoniyatlar tuğiladi. Kunning ikkinçi yarmida xizmat safariga borişingizga töğri kelişi ham ehtimolga yaqin. Keçqurun toza havoda sayr qilib, uyquga yotişdan oldin yengil hazm böluvçi taomlar iste’moli bilan çeklaning. Bugun aslo birovni ranjita körmang.
Öqotar (23.11 — 21.12)
Kuningiz yengil keçadi deb bölmaydi. Çunki şaxsiy hayotda jiddiy muammolarga röbarö bölişingiz kutilmoqda. Xudo körsatmasin, bu juftingiz bilan ajraşiş muammosi bölib çiqmasin! Aks holda işlaringizga ham putur yetadi. Soğliğingiz salbiy tarafga özgara boşlaydi. Kunning ikkinçi yarmida tarixiy muzeyga borib eksponatlar tomoşa qilsangiz ham ruhan yengil tortişingiz mumkin. Ba’zi döstlarimiz keçqurun şamollaş yoki boş, oyoq oğriğidan bezovtalanişlari kutiladi.
Toğ eçkisi (22.12 — 20.01)
22-oktabrda qaysi yölni tanlamang, siz uçun oçiq böladi. Orzularingiz uşalişi uçun qadam taşlay boşlasangiz ham xato qilmaysiz. Şu orada işxonadagi mavqeingizni oşiriş haqida ham öylab körsangiz yomon bölmasdi. Juftingiz yoki bölğusi juftingizning muhabbatiga qattiq işonişingiz kerak. Bu haqiqat. Juda şubhalansangiz, uning közlariga boqing. Közlar aldamaydi. Keçqurun uni romantik uçraşuvga taklif eting. Afsuslanmaysiz.
Qovğa (21.01 — 19.02)
Işda ham, şaxsiy hayotda ham yutuqlar, ğalabalar faqat siz tomonda böladi. Faqat özingizdan şubhalana boşlamang. Qarşingizdagi ezgulik mevalari illyuziya emas, haqiqat. Pul tanqisligidan noliy boşlagandingiz. Qayğurmang, kunning ikkinçi yarmida kissangiz pulga töladi. Xudoning özi sizga ğoyibdan ato etadi. Lekin xaridlarga zeb berib yubormang. Xaridlarning ham me’yori bölgani ma’qul. Keçqurun sportning har qanday turidan voz keçing. Jarohat olişingiz xavfi bor.
Baliq (20.02 — 20.03)
22-oktabr kuni muhabbatda aldanib qolişdan saqlaning. Atrofga real nazar bilan boqing. Janjalli, bahsli davralardan qoçing. Rözğor taşvişlarida qarindoşlar yaqindan kömak berişadi. Ammo moliyaviy muammolarni öz kuç va imkoniyatlaringizga tayangan holda bartaraf etişingiz zarur böladi. Keçqurun olisda yaşaydigan qarindoşlardan biri xonadoningizga mehmon bölib kelişi mumkin.
Tepada yozilganlarga işoniş-işonmaslik, albatta, har kimning öziga havola. Lekin, bularni şunçaki öqişning özi boşqaça…