Buxoro yangiliklari

Olotda çiqindini belgilanmagan joyga taşlagan fuqaro 22 million söm jarimaga tortildi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Olot tumanida Q.E. ismli fuqaroning maişiy va quriliş çiqindilarini belgilangan poligon örniga boşqa joyga taşlagani aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Boşqarma ma’lumotiga köra, holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 91-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga 50 baravar miqdorida — 22 million söm jarima qöllanilgan.

Ekologiya boşqarmasi maişiy va quriliş çiqindilarini belgilanmagan joylarga taşlaş atrof-muhitni ifloslantirişi va hududlarning sanitariya holatini yomonlaştirişini eslatdi. Fuqarolardan çiqindilarni faqat belgilangan poligonlarga joylaştiriş söralmoqda.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version