Buxoro yangiliklari
Peşkuda 3 854 aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika oçildi

22-oktabr kuni Peşku tumanining Xörkaş mahallasida 32-son oilaviy poliklinikaning yangi qurilgan Xörkaş filiali foydalanişga topşirildi. Bu haqda Buxoro viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Muassasa Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topşiriği asosida 4 milliard 200 million söm mablağ evaziga yangidan barpo etildi.
50 qatnovga möljallangan tibbiyot maskani 941 ta oilada istiqomat qiluvçi 3 854 nafar aholiga xizmat körsatadi.
Muassasada bir yoşgacha bölgan 117 nafar bola hamda 18 yoşgacha bölgan 1 283 nafar fuqaroga tibbiy xizmat körsatiş uçun zarur şaroitlar yaratildi.
Şuningdek, katta yoşli aholi va nogironligi bölgan şaxslarga sifatli tibbiy yordam körsatiş imkoniyatlari ham ta’minlandi.
Yangi tibbiyot maskanida 12 nafar tibbiyot xodimi faoliyat yuritişi rejalaştirilgan.
Oçiliş tadbirida tuman hokimi Anvar Hamroyev iştirok etib, mahalla ahlini yangi muassasa iş boşlagani bilan tabrikladi.
Filialning işga tuşirilişi mahalla aholisiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini yanada yaqinlaştiriş, kasalliklarni erta aniqlaş va aholi salomatligini muhofaza qilişga xizmat qiladi.