Buxoro yangiliklari
Vobkentda restoran va novvoyxonalar uçun yangi ta’minot korxonasi oçildi

Vobkent tumanida oşxona, restoran, kafe, novvoyxona va qandolat sexlari uçun zamonaviy uskuna, dastgoh, mebel hamda xizmat körsatiş vositalarini taklif etuvçi “Mildrich” ta’minot korxonasi oçildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Yangi korxona tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş yoki kengaytiriş istagidagi fuqarolarga zarur jihozlarni bir manzildan xarid qiliş imkonini beradi. Unda restoran, kafe, oşxona va boşqa umumiy ovqatlaniş maskanlarida foydalaniladigan uskunalar hamda mebel mahsulotlari savdosi yölga qöyilgan.
Korxona rahbari Yusuf Qodirovning ta’kidlaşiça, mijozlar talabini qondiriş va sifatli mahsulotlar taklif etiş maqsadida Xitoy va Turkiyadan zamonaviy uskuna va dastgohlar olib kelinmoqda. Hozir savdo dökonida katta va kiçik hajmdagi jami 300 taga yaqin uskuna va jihoz mavjud.
Mijozlarga qulaylik yaratiş uçun buyurtma asosida mahsulotlarni yetkazib beriş xizmati ham yölga qöyilgan. Bu tadbirkorlarga zarur jihozlarni ortiqça vaqt va sarf-xarajatsiz topiş imkonini beradi.
Savdo markazining oçiliş marosimida AT “Xalq banki” viloyat mintaqaviy markazi rahbari Saidmurod Isroilov, Vobkent tumani hokimining birinçi örinbosari Otabek Muqimov va boşqalar iştirok etdi.
Tadbirda mazkur loyiha hududda tadbirkorlik taşabbuslarini rivojlantiriş, yangi loyihalarni qöllab-quvvatlaş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartirişda ahamiyatli ekani ta’kidlandi. Uning kam ta’minlangan aholi uçun ham daromad manbai bölib xizmat qilişi qayd etildi.
Ramziy lenta qirqilgaç, iştirokçilar savdo maydoni, jihozlar, zamonaviy işlab çiqariş uskuna va dastgohlari bilan tanişdi. Ayrim xaridorlar özlariga zarur texnologiya va mahsulotlarni oçilişning özida xarid qildi.
Korxonaning iş boşlaşi tumanda xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari faoliyatini kengaytiriş hamda yangi tadbirkorlik taşabbuslarini rağbatlantirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.