Buxoro yangiliklari

Qorovulbozordagi “Çölquvar” mahallasida 24/7 rejimidagi savdo köçasi barpo etilmoqda

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Qorovulbozor tumanining “Çölquvar” mahallasida 24/7 rejimida işlaydigan savdo va xizmat körsatiş köçasi barpo etilmoqda. Loyiha tuman hokimligi hamda “Turonbank” ATB viloyat filiali hamkorligida amalga oşirilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Tinçlik, Navbahor, Bözaçi, Böston, Imom-Buxoriy, Jarqoq va Çölquvar kabi 7 ta mahallani öz içiga olgan tumanda 24 mingga yaqin aholi yaşaydi. Ularning 15 mingdan ziyodini özbeklar, qolgan qismini qozoq, turkman, rus, tojik, tatar va boşqa millat vakillari taşkil etadi.

Tuman markazidagi “Çölquvar” mahallasining 734 ta xonadonida 853 ta oila, jami 3 200 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mahallada quriliş, obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş hamda ta’mirlaş-tiklaş işlari olib borilmoqda.

“Yangi Özbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi loyiha aholiga savdo va maişiy xizmat körsatiş, işdan keyin dam oliş uçun qulay hudud yaratişga qaratilgan. Köçada zamonaviy piyodalar yölaklari, tungi yoritiş çiroqlari va dam oliş ayvonçalari qurilmoqda.

Loyiha doirasida yuzga yaqin fuqaroning bandligini ta’minlaş, tijorat va xizmat körsatiş faoliyatini rivojlantiriş uçun şaroit yaratiş közda tutilgan. Ayni paytda köça böylab 20 taga yaqin köçma savdo şoxobçasi savdoga çiqarilmoqda.

Savdo nuqtalarida kitob-kafe, umumiy ovqatlaniş maskanlari hamda turli xizmat körsatiş şoxobçalarini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Uşbu köçada biznesini yölga qöymoqçi bölgan taşabbuskorlarga “Turonbank” ATB tomonidan 7 yil muddatga 100 million sömgaça kredit taklif qilinmoqda. Xabarda kreditning dastlabki 24 oyi uçun yillik stavka 14 foiz etib körsatilgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version