Buxoro yangiliklari

Qoraköldagi Çekirçi mahallasida qariyb 5 milliard sömlik sun’iy köl va dam oliş maskani qurilmoqda

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Qoraköl tumani Çekirçi mahallasida qariyb 5 milliard sömlik sun’iy köl va dam oliş maskani barpo etilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Köp yillar davomida qarovsiz qolgan, sizot suvi töplanib turadigan hududni obod qiliş maqsadida tuproq işlari bajarilmoqda. Ayni paytda sun’iy köl quriş va atrofini obodonlaştiriş işlari jadal boşlangan.

Loyiha doirasida savdo va maişiy xizmat, umumiy ovqatlaniş hamda salqin içimliklar savdosi yönalişlarida 30 tadan ortiq tadbirkorlik subyektini taşkil etiş közda tutilgan. Natijada yuzga yaqin iş örni yaratiş, mahalliy aholi bandligini ta’minlaş va tadbirkorlik taşabbuslarini kengaytiriş rejalaştirilgan.

Tuman hokimligi hududda örganişlar olib bormoqda. Bunda kölga tutaş maydonlarda obodonlaştirişni töğri taşkil etiş, atrof-muhitni tartibga keltiriş, noqonuniy qurilmalarni belgilangan tartibda bartaraf etiş hamda fuqarolar uçun qulay va xavfsiz muhit yaratişga e’tibor qaratilmoqda.

Aholining mazmunli hordiq çiqarişi uçun sayr hududi, dam oliş maskani va turli xizmat körsatiş şoxobçalarini talab darajasida taşkil etiş közda tutilgan.

Sun’iy kölning suv ta’minoti hududdan oqib ötuvçi “Gurduş” kanaliga boğlanadi. Kanal orqali suv aylanişi tizimini yölga qöyiş va suv resurslaridan samarali foydalaniş belgilangan.

Hokimlik qayd etişiça, taşlandiq hududni zamonaviy dam oliş maskaniga aylantiriş tuman qiyofasini yaxşilaş, yangi tadbirkorlik taşabbuslarini amalga oşiriş, bandlikni oşiriş va xizmat körsatiş sohasini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version