Buxoro yangiliklari

Jondorda ikki xöjalik 908 million sömlik imtiyozli kredit hisobiga traktor oldi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Jondor tumanidagi “Xöjaev Şarif” fermer xöjaligi va “Miraziz Mirzobek” MÇJ yuqori unumdor traktorlarga ega böldi. Ularni xarid qiliş uçun mos ravişda 548 million va 360 million söm imtiyozli kredit ajratilgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

“Xöjaev Şarif” fermer xöjaligi “Lovol-1454”, “Miraziz Mirzobek” MÇJ esa “Belarus-80” rusumli texnikani qabul qilgan. Kredit mablağlari Özbekiston fermerlari kengaşi huzuridagi Fermer xöjaliklarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi kömagida ajratilgan.

Jamğarma fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini moddiy qöllab-quvvatlaş maqsadida Prezidentning 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qaroriga muvofiq taşkil etilgan. Qaror ekin yerlaridan samarali foydalaniş, xöjaliklarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, qişloqda bandlik va farovonlikni oşirişga qaratilgan.

Jondorda ötgan körgazmali öquv-amaliy seminarda jamğarmaning viloyat vakili, tuman hokimligining qişloq xöjaligi sohasi va Fermerlar kengaşi tuman bölimi mas’ullari, fermer hamda dehqon xöjaliklari rahbarlari qatnaşgan. Ular yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalaniş masalalarini muhokama qilgan.

Hokimlik ma’lumotiga köra, fermer va dehqon xöjaliklari hamda boşqa qişloq xöjaligi korxonalariga bir yilgaça imtiyozli davr bilan tört yil muddatga kreditlar ajratilmoqda. Bular qoramol, qöy va eçki boqiş, baliqçilik, quyonçilik, asalariçilik, kurkaçilik va parrandaçilik, biogumus işlab çiqariş, agroturizm loyihalari, suv çiqariş uçun tejamkor nasos agregatlari xaridi, qişloq xöjaligi maqsadida quyoş panellari örnatiş, artezian quduqlari qaziş, yomğirlatib suğoriş tizimlari örnatiş va dala dökonlari qurişga yönaltiriladi.

Boğdorçilik va köçatçilik, uzumçilik uçun tok sörisi hamda limonçilikni taşkil etiş, issiqxona quriş, qişloq xöjaligi texnikasi, transporti va asbob-uskunalar xaridi, köçma muzlatkiçlar örnatiş, “in-vitro” va boşqa laboratoriyalar hamda sovutiş omborxonalarini taşkil etiş uçun esa uç yilgaça imtiyozli davr bilan yetti yilgaça kredit ajratiş tartibi joriy qilingan.

Seminarda imtiyozli kredit mablaği oliş uçun hokim yordamçisi va viloyat Fermerlar kengaşining tavsiyanomasi, garov ta’minoti hamda ijobiy kredit tarixi talab etilişi tuşuntirilgan. Hokimlik bu çoralar xöjaliklarning texnika bilan ta’minlanişi, mehnat unumdorligi va mahsulot yetiştiriş samaradorligini oşirişga xizmat qilişini qayd etgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version