Buxoro yangiliklari
Zarangarida 50 dan ortiq tadbirkor darvoza tayyorlamoqda

Ğijduvon tumanining Zarangari mahallasida darvoza işlab çiqaruvçi tadbirkorlar soni 50 tadan oşdi. Ulardan biri — Zavqiddin Mavlonov 2,5 sotix maydondagi faoliyati orqali 16 nafar şogirdning bandligini ta’minlamoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Ğijduvon tijorat, savdo, qandolatçilik, novvoylik, kulolçilik va xalq amaliy san’ati namoyandalari bilan tanilgan. Duradgorlik, zardözlik va kaştadözlik qatorida darvoza tayyorlaş hunari ham rivojlanmoqda. Zarangaridagi ustalarga şogird tuşib, hunar örganayotgan va mehnati orqali daromad topayotgan yoşlar safi kengaymoqda.
Mahallada savdo va maişiy xizmat şoxobçalari bilan birga, zamonaviy andozalar asosida xaridorgir darvozalar tayyorlaş an’anasi şakllangan. Bu faoliyat yangi iş örinlari yaratiş, aholi bandligi va oilalar daromadini oşirişga xizmat qilmoqda.
Zavqiddin Mavlonovning uçta işlab çiqariş sexi mavjud. Tadbirkor Navoiy viloyatida ham faoliyatini yölga qöyib, mijozlari sonini oşirmoqda. Sexlarda kuniga 3–4 ta darvoza tayyorlanib, buyurtmaçilarga yetkazib berilmoqda.
Turli ölçam va dizayndagi darvozalar talab hamda ehtiyojdan kelib çiqib, 7 million sömdan 30 million sömgaça baholanmoqda. İşlab çiqarişda mehnat qilayotgan işçilarning oylik daromadi 5 million sömdan 20 million sömgaça yetadi.
Tadbirkor bankdan imtiyozli şartlar asosida 200 million söm kredit oliş va qöşimça qariyb 20 nafar yoşni iş bilan ta’minlaşni rejalaştirmoqda. Mazkur murojaat hamda biznes-reja yuzasidan tuman hokimligi mas’ullar iştirokida amaliy çora-tadbirlar körmoqda.