Buxoro yangiliklari

Buxoroda tibbiyot birlaşmalari rahbarlari har hafta sayyor qabul ötkazadi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Buxoro viloyatidagi barça tuman va şahar tibbiyot birlaşmalari rahbarlariga hududlarda haftada kamida bir marta sayyor qabul taşkil etiş vazifasi yuklatildi. Bu haqda Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Yangi tartib boşqarma rahbari Muxsin Rajabovning topşiriğiga muvofiq joriy etilmoqda. Tibbiyot birlaşmalari rahbarlari haftaning muayyan kunida aholi bilan uçraşib, tibbiy yordam oliş, mutaxassislar körigi, davolaniş, dori-darmon ta’minoti va tibbiy xizmatlar sifatiga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Şuningdek, kunning belgilangan qismida tibbiyot birlaşmasi binosida ham fuqarolar uçun qabul soatlari ötkaziladi. Bu orqali hududlardagi muammolarni bevosita eşitiş va fuqarolar murojaatlari bilan manzilli işlaş közda tutilgan.

Qabullarda bildirilgan har bir masala atrofliça örganilib, uni joyida hal etiş, zarur çoralarni köriş va ijrosini nazoratga oliş ta’minlanadi. Boşqarma uşbu tizim aholi bilan oçiq muloqotni kuçaytiriş, muammolarga öz vaqtida yeçim topiş va tibbiy xizmatlar sifatini oşirişga qaratilganini bildirgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version