Buxoro yangiliklari

Buxoroda “Rossiya-1” telekanali uçun hujjatli film tasvirga olindi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

“Döstlik kuçi. Özbekiston” hujjatli filmi doirasida 2026-yil 27–28-oktabr kunlari Aleksandr Yefremov boşçiligidagi ijodiy guruh Buxoroda tasvirga oliş işlarini amalga oşirdi. Loyiha orqali hududning turizm salohiyatini xalqaro miqyosda tanitiş közda tutilgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Taşabbus Rossiyaning “ALONTA GRAFIKS” MÇJga qaraşli ijodiy guruh tomonidan amalga oşirilmoqda. Hujjatli filmning navbatdagi manzili sifatida Buxoro tanlangan.

Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi, betakror me’moriy obidalari va turizm imkoniyatlarini “Rossiya-1” telekanali orqali keng jamoatçilikka namoyiş etiş rejalaştirilmoqda.

“Qadimiy Buxoroning betakror me’morçiligi, boy tarixi va madaniy merosi meni hayratga soldi”, — dedi teleboşlovçi Aleksandr Yefremov.

Teleboşlovçi taşrif davomida köplab tarixiy obidalarni tasvirga oliş imkoniyati yaratilganini qayd etdi. U tasvirga oliş jarayonlarini taşkil etiş va zarur şaroitlarni yaratişda körsatilgan amaliy yordam uçun Buxoro viloyati turizm boşqarmasiga minnatdorçilik bildirdi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version