Buxoro yangiliklari

Kogonda yangi novvoyxona tört nafar ayolni iş bilan ta’minladi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Kogon tumanining Siyozpoyon mahallasida Xurşida Fayziyeva taşabbusi bilan «Xurşida bakery» novvoyxonasi faoliyati yölga qöyildi. Yangi sexda tört nafar mahalladoş ayol iş bilan ta’minlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Siyozpoyonda istiqomat qiluvçi tadbirkor 2026-yil oktabr oyida mahalla markazidagi böş turgan binoni öz tasarrufiga olib, uni jihozlagan va novvoylik faoliyatini boşlagan.

Sexda 10 dan ortiq turdagi yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, turli şirinliklar, şirmoy non, patir va boşqa non mahsulotlari tayyorlanmoqda.

Iş bilan ta’minlangan ayollar kömagida kuniga 200 kilogrammgaça un qayta işlanib, şirinliklar va non mahsulotlari işlab çiqarilmoqda.

Hokimning mahalladagi yordamçisi tavsiyanomasi asosida tijorat bankidan 33 million söm kredit olingan. Bu mablağ sexni zarur dastgoh, uskunalar va peçlar bilan jihozlaşga sarflangan.

Xurşida Fayziyevaning aytişiça, faoliyat yaqinda boşlanganiga qaramay, mahsulotlarga xaridorlar köpaymoqda. U hozir oyiga 15 million söm atrofida daromad oliş imkoniyati borligini bildirdi.

Tadbirkor kelgusida işlab çiqariş hajmini kengaytiriş, talabga muvofiq mahsulot turlarini köpaytiriş va mijozlar sonini oşirişni rejalaştirmoqda.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version