Buxoro yangiliklari

Buxorodagi 2-sonli qozonxona qişki mavsumga şay qilindi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Buxoro şahridagi 2-sonli qozonxona qişki isitiş mavsumiga texnik jihatdan şay qilindi. U orqali köp qavatli uylarda yaşovçi 16 423 nafar aholi va qator ijtimoiy obyektlar issiqlik bilan ta’minlanadi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Qozonxonaga boğliq issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligi 26,8 ming metrni taşkil etadi. Isitiş bilan qamrab olingan maydon 151 440 kvadrat metr, issiqlik quvvati esa soatiga 37,8 Gkalga teng.

Mazkur qozonxona xizmatidan 82 ta turar joy binosi foydalanadi. Mavsum oldidan ulardagi aholiga uzluksiz va bir me’yorda issiqlik yetkazişga tayyorgarlik körilmoqda.

Şuningdek, tizimga 8 ta umumta’lim maktabi va maktabgaça ta’lim taşkiloti hamda yana 20 taga yaqin iste’molçi ulangan. Ularni qişki mavsumda barqaror issiqlik bilan ta’minlaş uçun zarur çoralar körilmoqda.

Şahar hokimligi va mas’ullar kundalik örganişlar davomida qozonxona hamda issiqlik tarmoqlarining uzluksiz işlaşi, mavjud texnik imkoniyatlardan samarali foydalaniş, nosozlik va nuqsonlarni öz vaqtida bartaraf etiş masalalarini nazorat qilmoqda.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version