Buxoro yangiliklari
Buxoroda 55 yoşli bemorning 95 foiz toraygan uyqu arteriyasi operatsiya qilindi

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida 55 yoşli bemorning 95 foiz toraygan çap içki uyqu arteriyasida murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Maqsad işemik insult xavfini kamaytirişdan iborat böldi. Bu haqda Buxoro viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Bemor markazga kuçli boş aylanişi, çap quloqda şovqin, öng qöl va oyoq harakatining susayişi hamda muvozanat buzilişi kabi şikoyatlar bilan murojaat qilgan.
Ekstrakranial dopplerografiya va MSKT-angiografiya tekşiruvlari ötkazildi. Natijada çap içki uyqu arteriyasida aterosklerotik blyaşka hamda tromb hisobiga 95 foizli stenoz — tomir torayişi mavjudligi aniqlandi.
Mahalliy mutaxassislar bemorning çap içki uyqu arteriyasida oçiq usulda karotid endarterektomiya amaliyotini bajardi. Bu jarrohlik usuli qon oqimiga tösqinlik qilayotgan aterosklerotik blyaşkani olib taşlaşga qaratilgan.
Boşqarma ma’lumotiga köra, uşbu amaliyot miya qon ta’minotini yaxşilaş va tegişli bemorlarda insult xavfini kamaytirişga xizmat qiladi. Ilgari bunday murakkab amaliyotlar asosan poytaxtning yetakçi klinikalari va xorijiy tibbiyot markazlarida bajarilgan bölsa, endilikda ularni viloyatning özida mahalliy mutaxassislar amalga oşirmoqda.
Filialda “Insult maktabi” faoliyatini şakllantiriş ham uşbu yönalişdagi taşabbuslardan biridir. Uning doirasida insult xavfi yuqori bemorlarni erta aniqlaş, zamonaviy diagnostika usullarini joriy etiş va profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş közda tutilgan.
Kelgusida “Insult maktabi”ni Turkiya, Rossiya, Belarus, Hindiston va boşqa davlatlarning ilğor tajribalari asosida rivojlantiriş, xavf guruhidagi bemorlarni tekşiriş diagnostik algoritmlarini takomillaştiriş rejalaştirilmoqda. Bu hududda ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.