Buxoro yangiliklari
Buxoro 2027-yilda YUNESKO Ijodiy şaharlar tarmoği konferensiyasiga mezbonlik qiladi

Buxoro 2027-yilda YUNESKO Ijodiy şaharlar tarmoğining yillik konferensiyasiga mezbonlik qiladi. Şahar Markaziy Osiyoda bu anjumanni qabul qiladigan ilk manzil böladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
YUNESKOning 30-oktabrda e’lon qilingan rasmiy xabarida qaror 31-oktabr — Butunjahon şaharlar kuni munosabati bilan bildirilgan. Buxoro 2023-yildan buyon tarmoqqa «Hunarmandçilik va xalq ijodiyoti» yönalişida a’zo. Hokimlik ulaşgan «Dunyo» axborot agentligi materialida kelgusi forum tarmoqning 19-yillik konferensiyasi ekani, Buxoro MDH va Turkiy davlatlar taşkiloti makonida ham uni qabul qiladigan birinçi şahar bölişi qayd etilgan.
Konferensiyani Buxoroda ötkaziş taşabbusini Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan edi. Bu taklif 2025-yil oktabrda Samarqandda ötkazilgan YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi oçilişida bildirilgan.
Forumda kreativ industriyalar, madaniy merosni asraş va undan zamonaviy şaroitda foydalaniş, yoşlar hamda ijodiy kasb egalarini qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilinadi. Madaniyatning BMT Barqaror rivojlaniş maqsadlariga qöşadigan hissasi ham asosiy mavzulardan biri böladi.
YUNESKO va Buxoro şahar hokimligi turli mamlakatlardagi ijodiy şaharlarni bilim, resurs va tajriba almaşişga taklif qiladi. Anjuman şahar hokimlari va vakillari, madaniyat hamda ijodiy soha mutaxassislari, ekspertlar va boşqa manfaatdor tomonlarni birlaştiradi. Maqsad — mahalliy hamjamiyatlarni mustahkamlaş, kreativ iqtisodiyotni qöllaş va şaharlarning madaniy salohiyatidan foydalaniş uçun hamkorlikni kengaytiriş.
Taşkilot Buxoroda an’anaviy hunarlarni saqlaş va keyingi avlodga örgatiş, ustalarni qöllab-quvvatlaş, dizayn muassasalari, maktablar hamda mahalliy taşkilotlar bilan hamkorlikka e’tibor qaratilayotganini ta’kidlagan. Buxoro biyennalesi meros, zamonaviy san’at, texnologiya va madaniy muloqotni birlaştiradigan taşabbuslardan biri sifatida keltirilgan. Bu yondaşuv turizm, bandlik va mahalliy iqtisodiyot uçun imkoniyatlar yaratib, ijtimoiy qamrov hamda ekologik barqarorlikni ham nazarda tutadi.
Ijodiy şaharlar tarmoği 2004-yilda taşkil etilgan. Hozir u 110 dan ortiq mamlakatdagi 408 şaharni birlaştiradi. Yillik anjumanda yuqori darajadagi sessiyalar, mavzuli muhokamalar, madaniy tadbirlar va hokimlar forumi ötkazilib, qöşma loyihalar hamda yangi şerikliklar uçun şaroit yaratiladi. Buxoroning tarixiy markazi 1993-yilda YUNESKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan; 2023-yildagi tarmoq a’zoligi esa hunarmandçilik va madaniy almaşuvdagi rolini mustahkamlagan.
2026-yilgi konferensiya esa 25–27-noyabr kunlari Marokaşning Essaouira şahrida «Şaharlarning kompleks barqaror rivojlanişi uçun madaniy innovatsiyalar» mavzusida ötkaziladi. 2019-yilda musiqa yönalişidagi ijodiy şahar maqomini olgan Essaouira tarmoq a’zolarini şaharlar va ularning atrof hududlarini rivojlantirişda madaniyat, ijodkorlik va innovatsiyalarning örnini muhokama qilişga çorlaydi.