Buxoro yangiliklari
Fransiyalik talaba G‘ijduvonda nima qilyapti?

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi, Respublika Hunarmand uyushmasi Fransiyaning ASIE Xalqaro jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyiha dasturi bo‘yicha Fransiya Oliy Hunarmarmandchilik maktabining kulolchilik ixtisosi bo‘yicha V bosqich talabasi Emma Frelat Annaning yurtimizga safari davom etmoqda.
Dastur rejasi bo‘yicha talaba 2 oy davomida Rishton va Gʻijduvon kulolchilik maktablarida bo‘lib, kulolchilik sirlarini o‘zlashtirishi ko‘zda tutilgan.
[metaslider id=2537 cssclass=»»]
Emma ayni kunlarda Abdullo Narzullayevning kulolchilik ustaxonasida Gʻijduvon kulolchilik maktabida amaliy ishlar olib bormoqda.