Buxoro yangiliklari
Şofirkonda qariyb 1,6 milliard sömlik «Boboato Avenue-24/7» köçasi oçildi

Şofirkon tumanida qariyb 1,6 milliard söm hisobidan barpo etilgan «Boboato Avenue-24/7» xizmat körsatiş va dam oliş köçasi foydalanişga topşirildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Loyiha «Boboato» mahalla fuqarolar yiğinidagi Boboato köçasida amalga oşirildi. Hududda tört ta zamonaviy xizmat körsatiş inşooti, favvora, bolalar öyin maydonçasi hamda yoşlar uçun oçiq havodagi vorkaut sport maydonçasi tayyorlandi.
Köça böylab piyodalar yölaklari barpo qilinib, zamonaviy tungi yoritiş çiroqlari örnatildi. Bu keçki paytda ham sayr qiliş va hordiq çiqariş uçun şaroit yaratdi. Hokimlik ma’lumotiga köra, yangi maskan aholi, nuroniylar va sportsevar yoşlar bilan gavjumlaşmoqda.
Işlar «Yangi Özbekiston qiyofasidagi mahalla» dasturi doirasida olib borildi. Unda mahalla va köçalar infratuzilmasini yaxşilaş, hududni obodonlaştiriş, aholi va tadbirkorlar uçun qulay biznes muhitini yaratiş, savdo hamda xizmat körsatiş şoxobçalarini joylaştiriş imkoniyatlarini kengaytirişga e’tibor qaratilgan.
Hokimlik bu yönalişdagi işlarda Prezidentning 2025-yil 8-oktabrdagi «Alohida tuman (şahar) va mahallalarni aholining yaşaşi va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun namunali hududga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–298-son qarori asos bölayotganini qayd etdi.
Şuningdek, 2026-yil 5-fevraldagi «2026-yilda hududlarni yangiça yondaşuvlar asosida rivojlantiriş orqali aholi daromadini oşiriş, barqaror iş örinlarini yaratiş hamda kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–49-son qarorida belgilangan vazifalar ham dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.
«Boboato Avenue-24/7» mahallaning me’moriy qiyofasini yaxşilaş bilan birga, savdo va maişiy xizmatlar sohasini rivojlantirişga qaratilgan. Loyiha tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytiriş, aholining dam olişi va yoşlar böş vaqtini mazmunli taşkil etiş uçun ham xizmat qiladi.