Buxoro yangiliklari

Buxorolik sportçilar bir kunda 12 ta medalni qölga kiritdi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

4-noyabr kuni «Prezident olimpiadasi» hamda «Prezident Paralimpiadasi» musobaqalarida Buxoro viloyati vakillari 12 ta medal — 6 ta oltin, 2 ta kumuş va 4 ta bronzani qölga kiritdi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Badiiy gimnastika böyiça Buxoro viloyati jamoasi 5 ta koptok bilan jamoaviy maşqlarda birinçi örinni egalladi. Sultana Aşurova esa bulavalar bilan maşqda oltin medalga sazovor böldi.

Taekvondo WT bahslarida Şohjahon Şodiyev 61 kilogramm, Iroda Zokirova 33 kilogramm hamda Kamron Sadiyev 33 kilogramm vazn toifalarida birinçi örinni qölga kiritdi.

Para pauerlifting musobaqalarida Mukarram Ergaşeva 55 kilogramm vazn toifasida ğolib bölib, viloyat delegatsiyasi hisobiga yana bir oltin medal qöşdi.

Kumuş medallar taekvondo WT bahslarida 45 kilogramm vazn toifasida qatnaşgan Ibrohimjon Bafayev hamda badiiy gimnastikada koptok bilan maşq bajargan Sultana Aşurovaga nasib etdi.

Badminton böyiça Dilnur Murodullayeva qizlar örtasidagi yakkalik bellaşuvlarida uçinçi örinni egalladi. U Uluğbek Maqsudov bilan aralaş juftlik bahslarida ham bronza medalni qölga kiritdi.

Taekvondo WT musobaqalarida Faroğat Xodjayeva 44 kilogramm va Maryam Amanova 59 kilogramm vazn toifalarida uçinçi örinni egallab, bronza medaliga sazovor böldi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version