Buxoro yangiliklari

Şofirkonda xonadon poydevori ostidan 2 kilogramm 875 gramm marixuana topildi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Şofirkon tumanidagi xonadon poydevori ostidan 2 kilogramm 875 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasi topildi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Holat viloyat bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi. Tadbir oldindan olingan tezkor ma’lumotlar asosida taşkil etilgan.

Kuzatuvga olingan fuqaroning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida belgilangan tartibda közdan keçirildi. Tekşiruv natijasida poydevorning ostki qismiga yaşiriş maqsadida kömib qöyilgan giyohvandlik moddasi topildi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari jinoyat işi qözğatgan. Tegişli tergov organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boşqarma giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilayotganini eslatdi. Tuşuntiriş işlariga qaramay, bunday huquqbuzarliklar uçrayotgani qayd etilib, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi inson salomatligi va jamiyat kelajagiga tahdid solişi hamda jinoiy javobgarlikka sabab bölişi haqida ogohlantirildi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version