Buxoro yangiliklari
Buxoroda tibbiyot xodimlariga bir martalik pul mukofoti beriladi

Buxoro viloyati soğliqni saqlaş tizimi xodimlariga «Tibbiyot xodimlari kuni» munosabati bilan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu haqda Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Rağbatlantiriş çoralari Prezidentning 2025-yil 9-noyabrdagi «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–336-son qarori ijrosi doirasida belgilangan. Bu borada viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining tegişli buyruği qabul qilingan.
Buyruqqa köra, mukofot viloyatdagi barça davolaş-profilaktika muassasalari, tuman va şahar tibbiyot birlaşmalari hamda Ğijduvon tuman soğliqni saqlaş bölimi xodimlariga beriladi.
Rağbatlantiriş tölovlari muassasalarning rağbatlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi. Bunda xodimlarni bir yil davomida lavozim maoşining ikki baravaridan ortiq bölmagan miqdorda rağbatlantiriş mumkinligi inobatga olinadi.
Boşqarma mazkur taşabbus tibbiyot xodimlarining maşaqqatli mehnatini qadrlaş, ularni moddiy qöllab-quvvatlaş va sohada mehnat samaradorligini oşirişga qaratilganini qayd etdi.