Buxoro yangiliklari

Ğijduvonda noqonuniy qum-şağal qazib olişdan tabiatga 8,9 milliard sömlik zarar hisoblandi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Ğijduvon tumanida qum-şağal aralaşmasining noqonuniy qazib olinişi oqibatida tabiatga 8,9 milliard sömlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Boşqarmaning Ekopolitsiya xodimlari dron yordamida ötkazgan nazorat-reyd tadbirlari davomida «Kökça» mahallasi hududidagi yaylov yerida qonunbuziliş holati qayd etilgan. Boşqarma ma’lumotiga köra, fuqaro B.Ğ. öziga tegişli bölmagan hududdan noqonuniy ravişda qum-şağal aralaşmasini qazib olgan.

Mutaxassislar örganiş va hisob-kitob işlarini olib borib, tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini 8,9 milliard söm etib belgilagan.

Holatga huquqiy baho beriş, qonuniy çora köriş hamda zararni undiriş masalasini hal qiliş uçun töplangan hujjatlar Buxoro viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Boşqarma yer qa’ridan qonunga xilof ravişda foydalaniş, qum-şağalni noqonuniy qazib oliş va tabiiy resurslarga zarar yetkaziş javobgarlikka sabab bölişini eslatdi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version