Buxoro yangiliklari

«Olot — Farab» postlarida yuk maşinalari oqimi oşdi: qöşimça çoralar taklif etildi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Özbekiston va Turkmaniston bojxona xizmatlari «Olot — Farab» çegara postlarining ötkazuvçanlik salohiyatini oşiriş böyiça birgalikda iş olib borişga kelişdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Bojxona qömitasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

6-noyabr kuni videokonferensiya şaklida ötkazilgan işçi uçraşuvda Bojxona qömitasi raisining birinçi örinbosari Ğayrat Nasirov hamda Turkmaniston Davlat bojxona xizmati raisi örinbosari Dovlet Bayriyev boşçiligidagi delegatsiyalar qatnaşdi. Uçraşuv qömita raisining «Olot» çegara bojxona postidagi örganişlari davomida bergan topşiriqlari doirasida taşkil etildi.

Tomonlar xalqaro avtomobil taşuvlarini jadallaştiriş, xususan, Özbekistonning «Olot» va Turkmanistonning «Farab» çegara bojxona postlari imkoniyatlarini töliq işga soliş masalalarini muhokama qildi.

2024-yilda mazkur postlar orqali bir sutkada örtaça 530 ta yuk avtomobili ötkazilgan. 2025-yilda körsatkiç 700 taga yetgan. 2026-yilning ön oyida örtaça sutkalik oqim yana 11 foizga oşib, 780 tani taşkil etgan.

27-oktabrdan 2-noyabrgaça post orqali bir sutkada örtaça 1 000 ta yuk avtomobili harakati ta’minlangan. 17-oktabr kuni esa körsatkiç qariyb 1 200 taga yetgan.

Uçraşuvda geosiyosiy vaziyat ta’sirida xalqaro transport yönalişlarida yuz berayotgan özgarişlar va Özbekiston orqali tranzit yuk taşiş hajmi ortayotgani qayd etildi. Hozir «Olot» posti orqali Turkmaniston yönalişida bir sutkada örtaça 165 ta tranzit yuk avtomobili ötkazilmoqda. Bu 2024-yildagidan uç baravar köp.

Özbekiston tomoni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va transport harakatini tezlaştiriş uçun pandemiya davrida joriy etilgan yarim tirkamalarni qayta ulaş amaliyotini qayta körib çiqişni taklif etdi.

Şuningdek, ikki tomon çegara postlaridagi navbatçi smenalar almaşinuvi vaqtini muvofiqlaştiriş, postlar rahbarlari va mas’ul xodimlar örtasida töğridan-töğri tezkor aloqani yölga qöyiş taklif qilindi.

Çegaraoldi hududiy bojxona boşqarmalari rahbarlarining har oylik işçi uçraşuvlarini ötkaziş, yuk transporti oqimi eng yuqori bölgan vaqtlarda qöşimça xodimlarni jalb qiliş hamda bu hamkorlik mexanizmlarini temir yöl ötkaziş punktlarida ham joriy etiş masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv yakunida bildirilgan takliflarni amaliy jihatdan körib çiqiş, özaro hamkorlikni mustahkamlaş va çegara postlarining ötkazuvçanlik salohiyatini oşiriş borasida birgalikda iş olib borişga kelişib olindi. Qömita bu çoralar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, yuk taşuvlarida ortiqça vaqt sarfini qisqartiriş va transport-logistika jarayonlari uzluksizligini ta’minlaşga xizmat qilişini bildirdi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version