Buxoro yangiliklari

Vobkentda ikki gektardan ortiq maydonda «Prokuratura boği» barpo etildi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Vobkent tumanining «Xalaç» mahallasida ikki gektardan ortiq maydonda «Prokuratura boği» taşkil etilib, qariyb 3 ming tup manzarali va mevali daraxt köçati ekildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Boğ Özbekiston prokuraturasi organlari taşkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan «Yaşil makon» loyihasining «Prokuraturaning 35 yilligiga — 35 ming tup daraxt» aksiyasi doirasida barpo etildi. Viloyat prokuraturasi taşabbusiga Majburiy ijro byurosi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti, Ekologiya va iqlim özgarişi hamda Örmon xöjaligi boşqarmalari hamkorlik qildi.

Uçastka Buxoro davlat örmon xöjaligining Vobkent bölimiga qaraşli bölib, avval foydalanilmay kelgan. Köçat ekişdan oldin yer mahalliy öğitlar bilan boyitilib, şudgor qilindi va tekislandi. Suv ta’minoti hamda köçatlarni suğoriş uçun qariyb 2 kilometr uzunlikda ariq qazildi.

Tayyorgarlik işlari natijasida yangi boğ maydoni bilan birga örmon xöjaligi va oromgoh hududidagi yerlarning ham meliorativ holati yaxşilandi. Bu yerdan samarali foydalaniş, köçatlarning ildiz otişi va kelgusida yaxlit yaşil hudud şakllanişi uçun şaroit yaratildi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat prokurori Uluğbek Hamdamov, nuroniylar, prokuratura xodimlari va hamkor taşkilotlar vakillari qatnaşdi. Qur’oni karim tilovat qilinib, obodonlaştiriş işlariga baraka, nihollarning kökarib ulğayişi va boğning xalq uçun körkam maskanga aylanişi tilab duo qilindi.

Botir Zaripov Buxoroning tabiiy-iqlim şaroiti, yozgi yuqori harorat va suv resurslari çeklanganligi kökalamzorlaştiriş işlarini tizimli olib borişni talab qilişini ta’kidladi. Yangi boğlar, yaşil hududlar va himoya daraxtzorlarini yaratiş, mavjud daraxtlarni saqlaş hamda parvarişlaşning ekologik muammolar, çang-tözon va issiq havo ta’sirini kamaytirişdagi ahamiyati qayd etildi. Har bir taşkilot öz hududini kökalamzorlaştiriş va nihollar parvarişiga mas’uliyat bilan yondaşişi lozimligi bildirildi.

Prezidentning 2021-yil 30-dekabrdagi «Respublikada kökalamzorlaştiriş işlarini jadallaştiriş, daraxtlar muhofazasini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida bunday taşabbuslarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Şundan söng maydonga sadaqayrağoç, şumtol, edor qarağay, qayrağoç, şarq tuyasi, klyon, katalpa, olma, gilos, nok va örik kabi qariyb 3 ming tup manzarali hamda mevali daraxt köçati ekildi. Bu daraxtlar hudud qiyofasi va tabiiy imkoniyatlarini boyitişi, ulğaygaç soya-salqin maskan hosil qilişi, mevali turlar esa hosil berişi kutilmoqda.

Hokimlik boğ yaratiş köçat ekiş bilan çeklanmasligini, nihollarning tutib ketişi, öz vaqtida suğorilişi va parvarişini ta’minlaş muhimligini bildirdi. Obodonlaştirişni davom ettiriş, köçatlarni asrab-avaylaş va yaşil hududning barqaror rivojlanişiga e’tibor qaratiş vazifasi qayd etildi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version