Buxoro yangiliklari
Buxorolik ikki polvon kuraş böyiça jahon çempionatida kumuş va bronza medal oldi

Buxorolik ikki polvon kattalar örtasidagi XV jahon çempionatida sovrindorlar safidan joy oldi: Bahrombek Atoyev kumuş, Quvonçbek Sadinov bronza medalini qölga kiritdi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Kuraş böyiça jahon çempionati 2026-yil 4–9-noyabr kunlari Qozoğistonning Ostona şahrida ötkazildi. Bellaşuvlar 16 ta vazn toifasida bölib ötdi.
Jondor tumani 1-son sport maktabi vakili Bahrombek Atoyev 66 kilogramm vazn toifasida ikkinçi örinni egallab, kumuş medalga sazovor böldi.
Buxoro viloyati YAKSTISM vakili Quvonçbek Sadinov esa 60 kilogramm vazn toifasida uçinçi örinni egalladi va bronza medalini qölga kiritdi.
Özbekiston terma jamoasi çempionatda 9 ta oltin, 3 ta kumuş va 1 ta bronza — jami 13 ta medal jamğarib, umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi.