Buxoro yangiliklari
Buxoroda xonadon yetarli isimasa, kimga murojaat qiliş kerak?

Köp qavatli uyda xonadonning yetarli isimasligi yoki ayrim xonalarning sovuq qolişi har doim ham issiqlik yetkazib beruvçi korxona faoliyatiga boğliq emas. Bino içidagi isitiş tarmoqlaridagi nosozliklar ham bunga sabab bölişi mumkin. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
«Buxoro energomarkaz» AJ issiqlik energiyasini öz tasarrufidagi tarmoqlar va individual issiqlik punktlari orqali köp qavatli binoning belgilangan kiriş çegarasigaça yetkazib berişga mas’ul.
Bino içidagi umumiy isitiş tarmoqlarining texnik holatini saqlaş va yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etiş esa boşqaruv servis kompaniyasi — BSK zimmasiga yuklatilgan.
Içki isitiş tizimida uçraydigan asosiy nosozliklar:
- Havo töplanişi. Radiator yoki tik quvurlarda yiğilgan havo suv aylanişini buzadi va radiatorning bir qismi isimay qolişi mumkin.
- Quvurlarning tiqilişi. Zang va çökindilar suv oqimini çeklab, ayrim xonadonlarga issiqlik yetib borişiga tösqinlik qiladi.
- Suv sizişi. Birikmalarning eskirişi yoki şikastlanişi tizim bosimi va işining izdan çiqişiga olib keladi.
- Issiqlikning notekis taqsimlanişi. Gidravlik muvozanat buzilganda ayrim qavat yoki xonalar sovuq qoladi.
- Ayrim podyezdlarda issiqlik bölmasligi. Bu köpinça binoning yertölasidagi ventillarning nosozligi bilan boğliq böladi.
Şunday holatlar kuzatilganda, iste’molçilardan öz xonadonlariga xizmat körsatuvçi boşqaruv servis kompaniyasiga murojaat qiliş söralmoqda.
Mutaxassislar yertöladagi quvurlar, ventillar hamda içki tarmoqlarni tekşirib, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etiş çoralarini köradi.