Buxoro yangiliklari

Buxoroni yangi aeroport bilan boğlaydigan 23,8 kilometrli yöl qurilmoqda

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Buxoro şahrini yangidan barpo etilayotgan xalqaro aeroport bilan boğlaydigan avtomobil yölining umumiy uzunligi 23,8 kilometrni taşkil etadi. Uning 2,8 kilometri mavjud yöl bölsa, qolgan 21 kilometri yangidan quriladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov 16-noyabr kuni quriliş maydonida bölib, amalga oşirilayotgan işlar holatini közdan keçirdi. Mazkur yöl viloyat transport infratuzilmasini rivojlantiriş, yangi xalqaro aeroport va şahar örtasida zamonaviy, qulay transport aloqasini yölga qöyişga qaratilgan muhim loyihalardan biri hisoblanadi.

Yangi yöl zamonaviy muhandislik va quriliş talablari asosida barpo etilmoqda. Loyiha doirasida yölning ötkazuvçanligini oşiriş, transport vositalarining xavfsiz va qulay harakatini ta’minlaş hamda piyodalar uçun zarur infratuzilma yaratişga e’tibor qaratilgan. Yöl böylab 2 ta yöl ötkazgiç, 7 ta piyodalar ötiş joyi va 8 ta köprik qurilişi rejalaştirilgan.

Ayni paytda obyektda viloyat Avtomobil yöllari boş boşqarmasi tomonidan tuproq işlari olib borilmoqda. Qurilişning dastlabki bosqiçida yöl trassasini tayyorlaş, yer maydonlarini tekislaş va zarur muhandislik işlarini amalga oşirişga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Viloyat rahbari iş sur’atini yanada oşiriş zarurligini ta’kidladi. Mas’ullarga qurilişga jalb etilgan maxsus texnika vositalari sonini köpaytiriş, qöşimça texnikalarni safarbar etiş orqali tuproq işlarini jadallaştiriş hamda iş jarayonlarini töğri taşkil etiş yuzasidan aniq topşiriqlar berildi.

Şuningdek, yöl atrofini obodonlaştiriş, hududning ekologik holatini yaxşilaş va manzarali qiyofa yaratiş maqsadida yöl böylab köp yillik manzarali daraxtlar ekiş böyiça vazifalar belgilandi. Hududning tabiiy-iqlim şaroitiga mos daraxt turlarini tanlaş, kökalamzorlaştiriş işlarini tizimli taşkil etiş va ekilgan köçatlarni parvarişlaşga alohida e’tibor qaratiş lozimligi qayd etildi.

Hokimlik ma’lumotiga köra, yangi yöl Buxoro şahri va aeroport örtasidagi qatnovni yengillaştiriş bilan birga, hududning iqtisodiy va turistik salohiyatini yuksaltirişga xizmat qiladi.

Xususan, aeroportga boriş-keliş uçun sarflanadigan vaqtni qisqartiriş, mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun qulay transport şaroitlarini yaratiş, yölovçi va yuk taşiş xizmatlari sifatini oşiriş imkoniyatlari kengayadi.

Zamonaviy transport infratuzilmasi, yöl böyidagi kökalamzor hududlar va obodonlaştirilgan muhit uyğunligida barpo etiladigan uşbu yöl Buxoroning öziga xos qiyofasini boyitiş, transport-logistika salohiyatini mustahkamlaş hamda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version