Buxoro yangiliklari

Buxoro neftni qayta işlaş zavodi soxta hujjatlardan ogohlantirdi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Noma’lum şaxslar Buxoro neftni qayta işlaş zavodi nomidan turli kompaniya va taşkilotlarga, jumladan, xorijiy taşkilotlarga soxta xatlar va hujjatlar yubormoqda. Bu haqda «Buxoro neftni qayta işlaş zavodi» MÇJ Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Ular orasida oldi-sotdi şartnomalari, invoyslar, kafolat va vakolat xatlari, sifat pasportlari, kelib çiqiş sertifikatlari, litsenziyalar hamda röyxatdan ötganlik guvohnomalari bor.

Zavodning bildirişiça, uşbu hujjatlarda korxona nomi, logotipi, rekvizitlari, muhrlari va mansabdor şaxslarining imzolari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhr va imzolari qonunga xilof ravişda işlatilmoqda.

Korxona bunday hujjatlar zavod tomonidan berilmaganini rasman ma’lum qildi. Ular soxta bölib, zavod uçun heç qanday majburiyat keltirib çiqarmaydi.

Zavod uçinçi şaxslar va xorijiy vositaçilarning hisobvaraqlari orqali tölov qabul qilmaydi. Şuningdek, korxona heç kimga uning nomidan oldindan tölov talab qiliş, SBLC / MT760 oçiş yoki mablağlarni bloklaş vakolatini bermaganini ta’kidladi.

Şu munosabat bilan zavod quyidagilarni tavsiya qildi:

  • bunday takliflarga işonmaslik va pul ötkazmaslik;
  • har qanday hujjatning haqiqiyligini xatdagi rekvizitlar orqali emas, faqat rasmiy saytda körsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali tekşiriş;
  • har bir şunday holat haqida zavodga xabar beriş.

Korxona öz ogohlantirişida hujjatlarni qalbakilaştiriş va firibgarlik Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bölişini ham eslatdi.

Zavod e’lon qilgan rasmiy aloqa ma’lumotlari:

  • Devonxona: +998 94 888-40-24;
  • Mahsulot jönatiş bölimi: +998 65 364-41-86, +998 65 364-41-60;
  • Kommutator: +998 65 364-42-50;
  • Rasmiy sayt: bnpz.uz;
  • Rasmiy elektron poçta: info@bnpz.uz.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version