Buxoro yangiliklari
Buxoroda haydovçilar uçun “Kod 95” öquv-amaliyot poligoni qurilmoqda

Migratsiya agentligining Buxoro viloyati filiali taşabbusi bilan hududda xalqaro yuk taşiş sohasida faoliyat yurituvçi haydovçilarni Yevropa talablari asosida tayyorlaşga möljallangan zamonaviy “Kod 95” öquv-amaliyot poligoni barpo etilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Loyihani sifatli amalga oşiriş va ilğor tajribalarni örganiş maqsadida Migratsiya agentligi Buxoro viloyati filiali vakillari loyiha taşkiloti mutaxassislari hamda quriliş işlari ijroçilari bilan birgalikda Toşkent viloyatida böldi. Taşrifdan közlangan maqsad öquv-amaliyot poligonining texnik infratuzilmasi, muhandislik tizimlari va loyiha yeçimlari bilan yaqindan tanişişdan iborat böldi.
Toşkent viloyatiga taşrif davomida Migratsiya agentligining “Mohir usta” öquv markazida faoliyat yuritayotgan “Kod 95” öquv-amaliyot poligoni örganildi. Mutaxassislar u yerdagi moddiy-texnik baza, öquv jarayonlarini taşkil etiş tizimi hamda amaliy maşğulotlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan batafsil tanişdi.
Şuningdek, Migratsiya agentligi tasarrufidagi “Intil” kasbiy könikmalar va xorijiy tillarga öqitiş markazi faoliyati ham örganildi. U yerdagi ilğor tajribalarni Buxoro viloyatida joriy etiş masalalari muhokama qilindi.
Ayni paytda Buxoro viloyatida “Kod 95” öquv-amaliyot poligoni bilan bir qatorda Yagona migratsiya markazi ham barpo etilmoqda.
Uşbu loyihalar Buxoroda xalqaro standartlarga javob beradigan professional haydovçilarni tayyorlaşga qaratilgan. Ularning amalga oşirilişi haydovçilarning Yevropa davlatlarida qonuniy va yuqori daromadli iş örinlariga joylaşiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda mehnat migratsiyasi sohasida zamonaviy infratuzilmani şakllantirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.