Buxoro yangiliklari

Olot bojxona terminalida yuk maşinalari uçun turargoh kengaytirilmoqda

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Olot bojxona terminalida xalqaro yuk oqimi ortib borayotgani sababli yuk avtomobillari turargohi kengaytirilmoqda. Terminalga ajratilgan 28 gektarning 8 gektarida turargoh barpo etilgan, yana 3,9 gektar maydonda quriliş ketmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

2026-yil boşidan buyon kiriş va çiqiş yönalişlarida harakatlangan jami 178 mingta yuk avtotransport vositasi terminal xizmatlaridan foydalangan.

Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi boşliği B. Muratov «Olot» çegara bojxona postida mahalliy va xalqaro yuk taşuvçilar bilan uçraşdi. Muloqotda bojxona bilan boğliq muammolarni tezkor hal etiş, xizmat samaradorligini oşiriş va taşuvçilar takliflarini amaliyotga joriy qiliş masalalari muhokama qilindi.

Terminal mas’ullari bilan turargoh siğimini oşiriş, infratuzilmani rivojlantiriş, qurilişni jadallaştiriş va yuk taşuvçilar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş yuzasidan fikr almaşildi.

Bojxona boşqarmasi ma’lumotiga köra, kengaytiriş yuk maşinalarining ortiqça kutiş vaqtini qisqartiriş, transport oqimini samarali boşqariş va tranzit imkoniyatlaridan unumli foydalanişga qaratilgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version