Buxoro yangiliklari
«Pegasus» dekabr oyidan Buxoroga töğridan-töğri reyslarni yölga qöyişi ma’lum qilindi

Turkiyaning «Pegasus» aviakompaniyasi dekabr oyidan Buxoro, Termiz va Andijonga töğridan-töğri reyslarni yölga qöyişi turizm sohasiga bağişlangan yiğilişda ma’lum qilindi. Bu haqda Buxoro viloyati Turizm boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Yiğilişda keltirilgan ma’lumotga köra, Özbekistondan dunyoning 102 ta şahriga bevosita xalqaro reyslar mavjud. Avstraliya, Şimoliy va Şarqiy Yevropaning ayrim davlatlaridan keladigan sayyohlar hali ham tranzit yönalişlardan foydalanmoqda.
Turk havo yöllari, «Etihad Airways» va «Flynas» kompaniyalari ham yangi yönalişlarga qiziqiş bildirgan. Mas’ullarga «beşinçi havo erkinligi» rejimidan foydalangan holda xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralarni faollaştiriş topşirildi.
Şu yiğilişda havo turizmi va kiçik aviatsiya xizmatlari ham muhokama qilindi. Buxoro, Samarqand va Xorazmning tarixiy maskanlari, Boysun, Aydarköl va Parkentdagi Samsarak havo şarlari, paraplan va deltaplan xizmatlari uçun imkoniyatli hududlar sifatida tilga olindi.
Yiğilişda ruxsatnoma xarajati Özbekistonda qariyb 300 million söm ekani, qiyos uçun Turkiyada 13 million, Dubayda 10 million söm turişi, Misrda bunday tölov yöqligi aytildi. Mas’ullarga kiçik aviatsiyani rivojlantiriş böyiça qaror loyihasini kiritiş va 2027-yildan har bir hududda kamida bittadan manzilda bunday xizmatlarni yölga qöyiş vazifasi qöyildi.