Munajjimlar başorati

Munajjimlar başorati (25.11.2026)

Foto: Buxoroişarif.uz

2026-yilning 25-noyabr, çorşanba kuni uçun munajjimlar başorati

Qöy (21.03 — 20.04)
Bugun çorşanba kuni ertalabdan ğazabni mehr va şafqatga almaştiring. Şunda bajaradigan işlaringiz baroridan keladi. Tafakkur bilan yöl tutiş ayniqsa moliyaviy muammolarni bartaraf etişda juda kerak böladi. Muhabbatda azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylanişi mumkin. Bu oila qurmaganlarga tegişli. Oilalilar esa juftini hadeganda tanqid ostiga olaverişmasa, birgalikdagi hayot yanada totli keçgan bölardi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
25-noyabr kuni sodir etadigan harakatlaringiz atrofdagilarga ziyon yetkazib qöymasin. Şu yölda sergaklik bilan olğa yuring. Xatolaringizni inkor etişdan tiyiling. Bu dunyoda heç kim xatolardan xoli emas. Hamkasblaringiz tanqid qilişsa ham ranjimang. Tanqid omadning kaliti ekanini unutmang. Şaxsiy hayotda ba’zi xafagarçiliklarni boşdan keçirişingiz mumkin. Salomatligingizni birinçi öringa qöygan holda iş tuting.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun eng avvalo prinsiplaringizni nazorat ostiga olişingiz tavsiya etiladi. Şu narsa döstlar va hamkasblar bilan munosabatlarga salbiy ta’sir ötkazadi. Kerak bölsa, qisqa muddatga prinsiplardan voz keça turing. Muhabbatda ziqnalik va asabiylikni nari suring. Moliyaviy muammolarni bartaraf etişda esa faollik hamda mehnatsevarlik talab qilinadi. Keçqurun oila davrasida dam oliş yoqimli keçadi.

Qisqiçbaqa (22.06 — 23.07)
25-noyabr kuni ğiybatlar, miş-mişlarga kamroq e’tibor qaratgan holda iş tuting. Professional kasbingiz bilan boğliq işlarni ado etişda irodangizga suyaning. Agar u kuçsizlana boşlaganini sezsangiz, ruhan bardam bölişga harakat qiling. Bugun yoşi uluğ, xasta qondoşlar holidan xabar oliş, döstlar bilan qönğiroqlaşiş va yorqin uçraşuvlar xayrli keçadi. Hayotingizda sodir böladigan har bir yangilik, ijobiy özgariş albatta sizga omad hadya etadi.

Arslon (24.07 — 23.08)
Kuningiz yoqimli keçadi. Har qanday vaziyatni öz nazoratingizga olişingiz uçun qulay imkoniyatlar bisyor böladi. Odamlar bilan köproq muloqot qiling. Bu vujudingizni qöşimça optimizm bilan töldiradi. Kun mobaynida oila a’zolaringiz bilan birgalikda tabiat qöynida dam olib qaytsangiz ham ziyon qilmaydi. Yoğli ovqatlar, uglevodlarni kamroq iste’mol qiling.

Parizod (24.08 — 23.09)
Ertalab şaxsiy hayotingizda favqulodda bartaraf etmasa bölmaydigan muammo paydo bölişi kutiladi. Uni ijobiy hal etiş uçun işingizni ham qisqa fursatga taşlab qöyişingizga töğri kelişi mumkin. Işxonada özingizdagi barça ijobiy xislatlarni namoyiş etişga uyalmang. Tafakkurning tiniqligi bois döstlardan birining muammolarini ham muvaffaqiyatli hal etib berasiz. Surunkali xastalikka çalinganlar öz vaqtida dorilarini içişlari kerak. Xastalikka aslo yon bera qolmang.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Rejadagi işlarni sira şoşilmasdan, xotirjamlikda ado etişga harakat qiling. Havo sovuq bölsa ham köproq piyoda yuring, toza havodan köproq nafas oling. Başarti salomatligingizda muammolar bölsa, bu sayr sizga juda katta foyda beradi. Moliyaviy masalada döppini osmonga otavering. Pul hosili möl bölişi kutilmoqda. Şunday ekan, darhol yoqimli xaridlar qiliş uçun dökonga yöl olsangiz ham yaraşadi.

Çayon (24.10 — 22.11)
25-noyabr kuni çayon burji vakillarida faollik kuçaygani közga taşlanadi. Şu narsa hamkasblar orasidagi obröyingizni yana bir poğona yuqoriga kötarib qöyişi mumkin. Çarçoqni his etişingiz bilan darhol barça işlarni yiğiştirib, dam olişga e’tibor qarating. Keçki payt sportning faol turlari bilan şuğullaning. Emotsiyangizni nazoratda uşlang. Ayniqsa, qarindoşlar bilan muloqotda u juda muhim ahamiyatga ega.

Öqotar (23.11 — 21.12)
Ertalabdanoq professional kasbingiz bilan boğliq işda yangi loyihalarga qöl urasiz. Özingizga qolsa, hamma işni birdaniga bajarib taşlagingiz keladi. Ammo buning iloji yöq. Tegirmon navbati bilan deganlaridek, ketma-ketlik hukm suradi. Tejamkorlik moddiy ahvolingizni yaxşilaş jarayonida kerak böladi. Mabodo yaqin kelajakda sayohatga otlanişni möljallagan bölsangiz, pul yiğişingiz kerak. Keçqurun yaqin döstlaringiz sizga yoqimli xabar yetkazişlari mumkin.

Toğ eçkisi (22.12 — 20.01)
25-noyabr kuni barçaning diqqat-e’tiborida bölişingiz kutiladi. Qarşingizda köndalang bölgan har qanday vaziyatni özingizga böysundira olasiz. Şu sababli hamkasblar oldinma-ketin sizdan maslahat oliş uçun yörğalaşlari mumkin. Moddiy ahvolingiz ham boşqalarnikidan yomon bölmaydi. Dam olişni möljallaganlar bugundan qoldirmaganlari ma’qul. Keçqurun toza havoda sayr qiling.

Qovğa (21.01 — 19.02)
Atrofdagilarga yaxşilab quloq tuting. Ularning fikrlarini örganing. Şunga qarab xulosalar yasang. Faqat sizdagina xohiş, orzu-umid bor emasligini, bu barçaning armoni ekanini tan oling. Hayotingizni yaxşi tarafga özgartiriş uçun taqdir hukmiga qarşi bora körmang. Keçqurun oila, farzandlar, rözğor muammolari bilan band bölasiz. Özingizni ehtiyot qiling.

Baliq (20.02 — 20.03)
25-noyabr kuni ijodkorlarning işi baroridan keladi. Işlar nafaqat baroridan keladi, balki sizga ruh va a’lo kayfiyat bağişlaydi. Ayrim jabhalarda rejalaringiz iş bermayotgan bölsa, ranjimang. Har doim ham odamning aytgani bölavermaydi. Hammasining öz vaqt-soati bor. Har bir işda taşkilotçi böling. Keçqurun salomatlikni mustahkamlaşga qaratilgan maşqlarni bajaring.

Tepada yozilganlarga işoniş-işonmaslik, albatta, har kimning öziga havola. Lekin, bularni şunçaki öqişning özi boşqaça…

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version