Buxoro yangiliklari
Buxoroda tuğma yurak nuqsoni bölgan uç bola operatsiya qilindi

Buxoro viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazida tuğma yurak nuqsoni bölgan 84 nafar bola çuqur tibbiy körikdan ötkazildi. Rossiyalik professor va mahalliy mutaxassislar uç nafar bolada oçiq yurak operatsiyasini muvaffaqiyatli bajardi. Bu haqda Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Amaliy mahorat darsi 19–20-noyabr kunlari ötkazildi. Unda Rossiyaning Novosibirsk şahridagi Ye. N. Meşalkin nomidagi Qon aylanişi patologiyasi ilmiy markazining bolalar kardiojarrohligi bölimi professori Yu. S. Sinelnikov qatnaşdi.
Körikdan ötgan bolalarning tashxisini aniqlaştiriş va davolaş usulini tanlaş böyiça maslahatlar berildi. Uç bolada yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotini professor mahalliy jamoa bilan birga ötkazdi.
Mahorat darsida murakkab tuğma yurak nuqsonlarini zamonaviy usullarda aniqlaş va davolaşga e’tibor qaratildi. Mahalliy mutaxassislar ilğor kardiojarrohlik usullarini markaz amaliyotiga joriy etiş böyiça tajriba almaşdi.
Soğliqni saqlaş boşqarmasi ma’lumotiga köra, hamkorlik viloyatning özida murakkab yurak operatsiyalarini bajariş va bolalarga yuqori texnologiyali tibbiy yordam körsatiş imkoniyatlarini kengaytiradi.