Buxoro yangiliklari

Qorovulbozorning Bözaçi mahallasida maktab stadioni oçildi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Qorovulbozor tumanining «Bözaçi» mahallasidagi 4-sonli maktabda usti yopiq, sun’iy qoplamali stadion foydalanişga topşirildi. Loyiha «Taşabbusli budjet» orqali moliyalaştirildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Maktab jamoasi loyihani «Taşabbusli budjet»ning bu yilgi birinçi mavsumida ilgari surgan. Taklifda stadion quriş bilan birga maktab old qismini obodonlaştiriş va yölaklarni ta’mirlaş ham közda tutilgan.

Ğolib loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 648 million sömni taşkil etdi. Quriliş işlarini «Saidov building» MÇJ mutaxassislari bajardi.

Stadionning oçilişida tuman hokimligi, içki işlar bölimi va soliq inspeksiyasi vakillari, mahalla faollari hamda yoşlar qatnaşdi. Ramziy lenta qirqilgaç, iştirokçilar stadiondagi şaroitlar bilan tanişdi.

Mahallada 3,5 ming nafardan ortiq aholi yaşaydi. Stadion yoşlarning sport bilan şuğullanişi va böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun xizmat qiladi.

Oçilişda mahalla yoşlari va maktab öquvçilari badiiy çiqişlar qildi. Yuqori sinf öquvçilariga «Vatan tayançi» otryadi guvohnomalari va esdalik nişonlari topşirildi. Tadbir iştirokçilari maktab hududida mevali va manzarali köçatlarni ham ekdi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version