Buxoro yangiliklari
Ğijduvonning Oğitma ovulidagi maktab hududiga 500 tup mevali köçat ekildi

Ğijduvon tumanining «Oğitma» ovulidagi 38-sonli maktab hududiga «Yaşil makon» loyihasi doirasida 500 tup mevali daraxt köçati ekildi. Maktabga borgan işçi guruh ta’lim va maktabgaça tarbiya muassasalaridagi şaroitlarni ham örgandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
«Oğitma» ovuli «Kökça» mahallasiga qaraydi. Hokimlik ma’lumotiga köra, ovul tuman markazidan qariyb 165 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Işçi guruhga tuman hokimligi hamda maktabgaça va maktab ta’limi bölimi mas’ullari kiritilgan. Köçat ekişda bölim vakillari, maktab direktorlari, pedagoglar va jamoatçilik vakillari qatnaşdi.
Guruh 38-sonli maktabdagi öquv xonalari, darslarning taşkil etilişi va öquvçilar uçun mavjud imkoniyatlarni körib çiqdi. Pedagoglar bilan ta’lim sifati, öquvçilarning böş vaqtini mazmunli ötkazişi va mavjud muammolarni hal etiş masalalari muhokama qilindi.
Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqiçida ğolib bölib, viloyat bosqiçiga ötgan öquvçilarga taşakkurnoma va esdalik sovğalari topşirildi. Maktab öquvçilari va ustoz-murabbiylar iştirokida futbol musobaqasi ötkazildi.
Işçi guruh Aynur Berdiyeva taşkil etgan 25 örinli oilaviy nodavlat boğçada ham böldi. Muassasa rahbariyatiga taşakkurnoma va oziq-ovqat mahsulotlari topşirildi. Bolalar uçun yaratilgan şaroitlar örganilgach, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va ta’lim sifatini yaxşilaş böyiça mas’ullarga vazifalar berildi.
Safarning ikkinçi yarmida guruh hududdagi şamol elektr stansiyasi faoliyati bilan tanişdi. Mutaxassislar elektr energiyasini işlab çiqariş jarayoni, qayta tiklanuvçi energiyadan foydalaniş imkoniyatlari va rejalar haqida ma’lumot berdi. Qaytişda guruh qumli çöl orqali ötuvçi yönalişning tabiiy şaroitini ham örgandi.