Munajjimlar başorati
Munajjimlar başorati (26.11.2026)

2026-yilning 26-noyabr, payşanba kuni uçun munajjimlar başorati
Qöy (21.03 — 20.04)
26-noyabr kuni siz butkul yangi tanişlar orasida bölib, ajoyib ğoyalar muallifiga aylanişingiz mumkin. Bu ğoyalarni qança tez va qoyilmaqom tarzda hayotga yöllay olsangiz, daromadingiz şunça köp böladi. Lekin qobiliyatingizni duç kelganga gapirib maqtanişdan tiyiling. Yomonning közi hatto filni ağdarişini unutmang. Kun davomida faqat intuitsiyangizga işongan holda harakatlar sodir eting.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ertalabdanoq iş joyingizga özingiz uçun şunday iş şaroiti yaratingki, bu usullar optimal darajada bölsin. Bugun mavqeingiz ortişini ta’minlaş yölida harakatlar boşlasangiz, yutqazmaysiz. Işda, şaxsiy hayotda nafaqat kuçni, balki vaqtni ham tejab-tergab sarf eting. Moliyaviy muammolaringiz bugun köngildagidek ijobiy hal bölmasligi mumkin. Qöşimça daromad keltiradigan iş topsangiz, yomon bölmasdi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
26-noyabr kuni har qanday vaziyatda his-tuyğularni jilovlaşga e’tibor qarating. Garçi kimdir sizni janjalga tortiş harakatidaligini payqasangiz ham, xotirjamlikdan voz keçmang. Moliyaviy masalada ba’zi köngilsizliklarga duç kelişingiz mumkin. Boşqalarning hojatini çiqarişga kamroq vaqt ajratib, öz manfaatlaringiz haqida qayğursangiz, albatta pulingizga pul qöşiladi.
Qisqiçbaqa (22.06 — 23.07)
Közlangan ezgu maqsadlar sari sekin, şoşilmasdan, ammo özingizga töliq işongan holda intilişingiz tavsiya etiladi. Yaqindan beri siz bilan hamkorlikda iş yurita boşlagan odam bugun kutilmagan sovğa tayyorlab qöyişi mumkin. Sovğani juda xotirjamlikda qabul qiling. Safar, tadbirkor bölsangiz, foydali şartnomalarni imzolaş, rözğor ikir-çikirlari haqida oilangizdagilar bilan bamaslahat iş tuting. Keçqurun yoga va suziş maşqlarini bajariş foydali keçadi.
Arslon (24.07 — 23.08)
26-noyabr kuni muhim qarorlar çiqariş uçun qulay imkoniyatlar yuzaga keladi. Yangi loyihalarni hayotga tatbiq etişingizda Xudoning özi madadkor böladi. Lekin bu loyihalar to amalga oşmagunça hamkasblarga indamay turing. Tadbirkorlar har bir qilinajak işni hamkorlar bilan maslahatlaşgan holda amalga oşirişlari töğriroq böladi. Keçqurun toza havoda sayr qiling. Oğir hazm böladigan taomlar iste’molidan tiyiling.
Parizod (24.08 — 23.09)
Agar döstlar sizga har jabhada yaqindan yordam beriş istagida bölsa, inkor etmang. Vaziyatni töğri baholang va işni töğri taşkil qiling. Muhabbatda bugun qaysarliklar ötmaydi. Juftingiz yoki bölğusi juftingiz bilan diplomatlarça munosabat yuritişingizga töğri keladi. Oila qurmaganlarni keçqurun romantik uçraşuv va yoqimli lahzalar kutib turadi. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Har bir kuningiz uçun şukr qiling.
Tarozi (24.09 — 23.10)
26-noyabr kuni hamkasblar va rahbarlar qarşisida oçiq köngil bilan iş boşlang. Ular yanada qattiqroq işonsin. Şunda hurmatingiz oşadi. Işni astoydil ter tökib amalga oşirsangiz, daromadi ham şunga yaraşa böladi. Kun mobaynida hasadgöylar va ğiybatçilardan nariroq bölişga harakat qiling. Aks holda janjallar yuzaga kelişi mumkin. Keçqurun ayrimlar safarga otlanadi. Safaringiz bexatar va xayrli keçadi.
Çayon (24.10 — 22.11)
Iş joyingizda hamkasblar bilan turli mavzuda bahslarga kirişişingiz kutiladi. Ammo rahbarlar bilan aslo bahslaşa körmang. Ular misoli olov, yaqinlaşgan odamni kuydirmay qöymaydi. Tadbirkorlik bilan boğliq, huquqiy va siyosiy loyihalarni hayotga yöllaş amali muvaffaqiyatli keçadi. Keçqurun daromadingiz foizi bilan qölingizga kelib tuşişi kutilmoqda. Omadingizni bersin.
Öqotar (23.11 — 21.12)
26-noyabr kuni faqat qalbingiz amriga böysungan holda işlarni taşkil eting. Bugun qalbingiz sizga ham döst, ham maslahatgöy, ham tirgak vazifasini ötaydi. Sizning tajribangiz va bilimingizga muhtojlarga albatta yordam qölini çözişingiz tavsiya etiladi. Bugun organizmni jismonan zöriqtirişdan, sport bilan şuğullanişdan tiyiling. Moddiy ahvolingiz yomon keçmaydi. Tejamkorlikka e’tibor qarata olsangiz bas. Hammasi yaxşi böladi.
Toğ eçkisi (22.12 — 20.01)
Barça jabhalarda xuddi börondan oldin hukm suradigan sukunat kabi jimjitlik kuzatiladi. Özingizni xuddi kimsasiz, odam oyoği yetmas orolda qolgandek his etasiz. Lekin bu sizga ziyon yetkazmaydi. Aksinça dam olasiz, fikrlaşga vaqt böladi. Şaxsiy hayotda özingizni qölga olgan holda yaqinlaringiz bilan iliq munosabat yuriting. Keçqurun yaqin döstlardan biri haqida yoqimli xabar eşitişingiz mumkin.
Qovğa (21.01 — 19.02)
26-noyabr kuni ertalabdan bor kuç va imkoniyatlarni bir nuqtaga jamlab, yangi işga qöl urişingiz lozim. Bugungi kun turli kasbdagi odamlar bilan faol tillaşiş, turli jabhalarda bilim, malakani oşiriş uçun xayrli va omadli keçadi. Kunning ikkinçi yarmida qaysidir masalada boşi berk köçada qolişingiz mumkin. Biroq keçqurun bu muammo ham sizning foydangizga hal böladi. Ba’zilar xizmat safariga jönab ketişi ehtimolga yaqin.
Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun qora terga tuşib işlaşingiz şart emas. Jismoniy ahvolingiz ham buni kötara olmaydi. Undan köra salomatlikni tiklaş, dam olişga e’tibor qarating. Iş qoçib ketmaydi va heç qaçon tugamaydi. Romantik uçraşuvlar uçun bugungi kun töğri kelmaydi. Sevimli xobbingiz bilan şuğullanişda esa aksinça bugungi kun xayrli keçadi. Özingizni ehtiyot qiling.
Tepada yozilganlarga işoniş-işonmaslik, albatta, har kimning öziga havola. Lekin, bularni şunçaki öqişning özi boşqaça…