Munajjimlar başorati
Munajjimlar başorati (27.11.2026)

2026-yilning 27-noyabr, juma kuni uçun munajjimlar başorati
Qöy (21.03 — 20.04)
Bugun professional kasbingiz bilan boğliq işlaringiz baroridan kelişi kutiladi. Ular şu qadar tez ado etiladiki, vaziyatni nazorat qilişga-da ulgurmaysiz. Kunning ikkinçi yarmida bir xabar eşitasiz. Bu xabar sizning hayotga bölgan munosabatingizni ijobiy tarafga özgartirib yuborişi mumkin. Muhabbatda esa aksinça mayda köngilsizliklarni boşdan keçirasiz. Bu asosan oila qurmaganlarga tegişli bölib, kimdir uçraşuvga keçikişi mumkin. Şu narsa orangizdagi munosabatlarni sovuqlaştirişi ehtimolga yaqin.
Buzoq (21.04 — 21.05)
27-noyabr kuni atrofdagilarga ham jismoniy mehnat masalasida yordam berişingizga töğri keladi. Ayrimlarga maslahatlar berasiz. Bu maslahatlaringiz odamlarni albatta mamnun etadi. Uy va mol-mulk bilan boğliq muammolar muvaffaqiyatli bartaraf etiladi. Agar şaxsiy avtomobilingiz bölsa-yu, ta’mirga muhtoj bölsa, oldindan rejalaştirilgan safarni boşqa kunga qoldirişingiz zarur. Özingizni ehtiyot qiling.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ertalabdan eng jiddiy va boş oğriği köp muammolarni hal etişga qarakat qiling. Agar şu işlarni tez fursatda va sifatli ado eta olsangiz, iş joyingizda mavqeingiz ortişi yaqinlaşgan bölardi. Şaxsiy hayotingizda janjalli vaziyatlar yuzaga kelişi mumkin. Bu qarindoşlar va sizning orangizdagi munosabatlarga salbiy ta’sir ötkazişi mumkin. Yuqori lavozimli şaxslar bilan suhbatlaşişga töğri kelsa, maqtanişdan va hazil-mutoyibadan qoçing.
Qisqiçbaqa (22.06 — 23.07)
27-noyabr kuni özingizga bölgan işonç va vujudingizdagi kuç yetarlidan ham köproq böladi. Şuning yordamida muşkulotlarni, jiddiy tösiqlarni osonlik bilan yengib ötasiz. Moliyaviy masalada ahvolingiz juda yaxşi keçadi. Lekin bu pullarni rözğoringiz uçun uskunalar sotib olişga sarflaşingiz kerak böladi. Bugun immunitetni kötarişga bağişlangan amallar xayrli keçadi. Agar şamollaş va grippdan bezovta bölsangiz, albatta şifokorga murojaat eting.
Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun daromad oladigan kuningiz. Arzimas işlar ham sizga mömay daromad keltira boşlaydi. Xudo beraman desa öziga oson-da. Şuning bahonasida rözğorbop jihozlar xarid qiliş imkoniga ega bölasiz. Siz bilan heç qaçon hamfikr böla olmaydiganlarning biri bilan janjallaşib qolişingiz ehtimoli bor. Kun davomida neki işga qöl urmang, tafakkurga suyaning. U sizni faqat ğalaba sari yetaklaydi. Salomatligingizni juda-juda ehtiyot qiling.
Parizod (24.08 — 23.09)
27-noyabr — sizning kuningiz. Işingiz bilan boğliq yangi loyihalar va ğoyalar öz mevasini bera boşlaydi. Rahbarlar eng mas’uliyatli işlarni faqat zimmangizga yuklaşadi. Bu ham faqat yaxşilikka. Şu vazifalargina sizni balolardan asraydi. Oilaviy hayotingiz nazaringizda zerikarlidek tuyulayotgan bölsa, juftingizga bölgan munosabatlarni yaxşi tarafga özgartiring. Quvnoqroq, taşabbuskorroq böling.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Kuningiz şoşilişlardan iborat böladi. Şoşqinlik ta’sirida köplab muammolarni ijobiy hal etişga ulgurasiz. Lekin şaxsiy hayotingizda köngilxiraliklar yuzaga keladi. Yaqinlaringiz sizdan norozi. Ular bilan alohida gaplaşib, muammoni tinçlik va xotirjamlik yordamida bartaraf eting. Janjal rözğordagi barakani qoçiradi. Asabni asrang.
Çayon (24.10 — 22.11)
27-noyabr kuni ayrimlar xizmat safari bilan xorijga jönab ketişi mumkin. Bu mavqeingiz ösişining deboçasi. Ammo safar sizga moliyaviy tökinlik hadya etmaydi. Pul topişning boşqaçaroq yölini topişingizga töğri keladi. Kun davomida muhim hujjatlarni rasmiylaştiriş ilinjida yelib-yugurasiz. Muhabbatda juftingiz yoki bölğusi juftingizning ba’zi injiqliklarini hisobga olmasa, jiddiy köngilsizliklar közga taşlanmaydi.
Öqotar (23.11 — 21.12)
Afsuski, kun aldovlarga yöliqişdan boşlanişi kutiladi. Böşaşsangiz, tez yon bersangiz, bu aldovlar işingizga ham salbiy ta’sir ötkazişi heç gap emas. Muhabbatda oila qurmaganlar rosmana raqibi bilan röbarö bölişi kutiladi. Ana şu uçraşuv sizga tanlaganingizning qadriga yetişingiz, unga işona olişingiz uçun imkon yaratadi. Tanlaganingizning tuyğulariga şubha nazari bilan boqmang.
Toğ eçkisi (22.12 — 20.01)
27-noyabr kuni atrofdagilarning maslahatlariga quloq tutsangiz, boşi berk köçada qolgan lahzalaringizda arosatda qolmaysiz. Tadbirkorlar biznesga demokratlarça munosabatda bölişlari lozim. Bu bozordagi örningizni mustahkamlaydi. Ammo daromad keltirar ekan deb duç kelgan loyihaga pul tikaverişdan tiyiling. Bu masalada yetti ölçab bir kesing. Pul bilan boğliq işlarda tavakkalçilik ketmaydi. Soğliğingiz haqida ham alohida qayğuring.
Qovğa (21.01 — 19.02)
Iş joyingizda hamkasblar bilan bir tan, bir jon bölgan holda harakatlar sodir eting. Bugun jamoaviy işlar sizga kutilgan natijani hadya etadi. Rahbaringiz işonib topşirgan yangi vazifalarni ham öz vaqtida bajarişga harakat qiling. Aks holda mukofot boşqa qölga ötib ketib qolişi heç gap emas. Moddiy ahvolingizdan nolimaysiz. Biroq kunning ikkinçi yarmidagina bu muammo ijobiy hal böladi. Şuning uçun şoşqaloqlik qilib birovdan qarz olib qöymang. Keyin afsuslanib yurasiz. Keçqurun ba’zilar favqulodda safarga otlanişi kutiladi.
Baliq (20.02 — 20.03)
27-noyabr kuni yaqin ötmişda qolgan tajriba, bilim va eski qadrdonlar yana kerak böladi. Iş bajarişda ularning barçasidan unumli foydalanişingizga töğri keladi. Şaxsiy biznesingiz bölsa, yuqori lavozimda işlaydigan tanişlar yordamidan ham foydalanişga harakat qiling. Endigina biznes oçiş payiga tuşganlarga ham ular albatta yordam qölini çözadi. Keçqurun madaniy dam oliş va erta uxlaşga yotişga e’tibor qarating.
Tepada yozilganlarga işoniş-işonmaslik, albatta, har kimning öziga havola. Lekin, bularni şunçaki öqişning özi boşqaça…