Buxoro yangiliklari

Buxoroda «Karyera kuni»da 74 nafar texnikum bitiruvçisi iş bilan ta’minlandi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Buxoroda «Karyera kuni» tadbiri natijasida 2025/2026 öquv yilining 74 nafar texnikum bitiruvçisi iş bilan ta’minlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Tadbir 25-noyabr kuni Kasbiy ta’lim agentligi taşabbusi bilan Buxoro ilğor kasbiy mahorat texnikumida ötkazildi. Bitiruvçilar iş beruvçilar bilan bevosita muloqot qildi.

Uçraşuvga 60 dan ziyod korxona va taşkilot, törtta tijorat banki hamda Migratsiya bölimi vakillari jalb etildi. Unda 2025/2026 öquv yilida bandligi ta’minlanmagan 140 nafardan ziyod bitiruvçi qatnaşdi.

Tadbirda 2026/2027 öquv yilining 1 600 nafardan ortiq bitiruvçisi ham qatnaşdi. Ulardan 800 nafardan ziyodi işga joylaşiş, kasbiy rivojlaniş va tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş böyiça maslahat oldi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version