Buxoro yangiliklari

Buxoro tadbirkorlari Toşkent turizm yarmarkasida qariyb 1 500 ta uçraşuv ötkazdi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Toşkentdagi «Ipak yölida turizm» 31-xalqaro turizm yarmarkasida Buxoroning 70 dan ortiq turizm sohasi vakili qariyb 1 500 ta B2B uçraşuv va muzokara ötkazdi. Tomonlar ikki tomonlama sayyohlik almaşinuvi böyiça kelişuvlarga erişdi. Bu haqda Buxoro viloyati turizm boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Buxoro pavilonida vohaning milliy an’analari, qadriyatlari va madaniy merosi bilan birga turizm va investitsiya imkoniyatlari namoyiş etildi. Uçraşuvlarda turoperatorlar, mehmonxona xöjaliklari va gid-ekskursovodlar qatnaşdi.

Viloyat hokimi örinbosarlari Botirjon Şaxriyorov va Rizo Asadov mahalliy hamda xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar ötkazdi. Ularga investorlar uçun yaratilgan imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar taqdim etildi.

Muzokaralar yakunida turizm sohasida hamkorlikni kengaytiriş, qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va Buxoroga xorijiy sayyohlar oqimini oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Turizm boşqarmasining qöşimça ma’lumotiga köra, Buxoroda sönggi yillarda yaratilgan sayyohlik yönalişlari va infratuzilma obyektlarini qöşni hamda boşqa xorijiy mamlakatlar kompaniyalarining turpaketlariga kiritiş va kelgusida bevosita turlarni taşkil etiş masalalari ham kelişib olindi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version