Buxoro yangiliklari
Buxorolik gimnastikaçilar Dubaydagi xalqaro turnirda 13 ta medal oldi

Buxorolik badiiy gimnastikaçilar Dubaydagi «Gymnastics Solo Cup» xalqaro musobaqasida 13 ta medal — yettita oltin, törtta kumuş va ikkita bronza medalini qölga kiritdi. Bu haqda Buxoro viloyati sport boşqarmasi axborot xizmati Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Musobaqa 21–24-noyabr kunlari Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida ötkazildi. Unda Buxoro gimnastika sport turlari böyiça ixtisoslaştirilgan sport maktabi tarbiyalanuvçilari yakka tartibdagi va guruh maşqlarida qatnaşdi.
Yakka tartibdagi oltin medallarni Furkatova Maryam (2020), Azimova Zaynab (2020), Ibodullayeva Şabnam (2018), Abduraşidova Şahzoda (2016), Aliyeva Madina (2015) va Ğafurova Maftuna (2013) oldi.
Kumuş medalga Orifova Gulnora (2019), Bahodirova Madinabonu (2019), Tohirova Nodirabegim (2019) va Hakimova Maryam (2015) sazovor böldi. Şarafova Mehrangiz (2019) va Nizomiddinova Gözal (2018) bronza medalini oldi.
2015–2016-yillarda tuğilgan gimnastikaçilardan tuzilgan jamoa guruh maşqlarida birinçi örinni egalladi. Jamoa tarkibida Mahmudova Feruza, Abduraşidova Şahzoda, Safarova Dilbar, Aliyeva Madina va Aliyeva Maftuna qatnaşdi.
25-noyabr kuni gimnastikaçilar Buxoro temiryöl vokzalida ota-onalar, yaqinlari, ustozlari va sport jamoatçiligi vakillari tomonidan kutib olindi.