Buxoro yangiliklari

Şofirkonning Çuruq ovulida 70 nafardan ortiq fuqaro tibbiy körikdan ötdi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Şofirkon tumanining olis Çuruq ovulida 70 nafardan ortiq fuqaro sayyor tibbiy körikdan ötkazildi. Körikda Buxoro viloyati tibbiyot muassasalarining mutaxassislari iştirok etdi. Bu haqda Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Çuruq ovuli Şarof Raşidov mahallasiga qaraydi. Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi joyiga çiqib, ovulda tibbiy xizmat körsatiş holati va aholining tibbiy yordamga bölgan ehtiyojlarini örgandi.

Mutaxassislar aholining şikoyatlarini tingladi, salomatligini baholadi va zarur tavsiyalar berdi. Ayrim fuqarolar öz xonadonlarida tibbiy körikdan ötkazildi.

Örganiş davomida tibbiyot muassasalarigaça bölgan masofa va aholi ulardagi xizmatlardan qay darajada foydalana olişiga alohida e’tibor qaratildi. Boşqarma olis hududlarda tibbiy xizmatni aholiga yaqinlaştiriş işlari davom etişini bildirdi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version