Buxoro yangiliklari
Qoraköldagi «Saroy» ariğining bir kilometri betonlandi

Qoraköl tumanining «Qozon» mahallasidan ötuvçi «Saroy» ariğining bir kilometri betonlandi. Suğoriş tarmoğining umumiy uzunligi 2,2 kilometrni taşkil etadi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Işlarni Qoraköl tumani «Suv yetkazib beriş xizmati» davlat muassasasi olib bormoqda. Ariqni qişki şör yuviş mavsumiga qadar töliq betonlaş rejalaştirilgan.
Qolgan qismdagi işlarni muddatida tugatiş uçun işçilar va maxsus texnika jalb etilgan. Beton qoplama suv isrofini kamaytiriş va suğoriş tarmoğining samaradorligini oşirişga qaratilgan.
Işlar yakunlanganidan söng, uçta fermer xöjaligi va uçta qişloq aholisi foydalanadigan jami 420 gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanişi kutilmoqda.