Munajjimlar başorati

Munajjimlar başorati (28.11.2026)

Foto: Buxoroişarif.uz

2026-yilning 28-noyabr, şanba kuni uçun munajjimlar başorati

Qöy (21.03 — 20.04)
Iş joyingizda rahbariyat bilan aslo bahslaşmang. Hatto, iş yuzasidan miyangizga kelgan fikrlarni aytib taşlagingiz kelayotgan bölsa-da, sukut saqlang. Agar şaxsiy hayotingizga özgartişlar kiritişni öylab yurgan bölsangiz, bu işni ham janjallarsiz amalga oşirişga harakat qiling. Keçqurun kayfiyatingiz birdan kötarilib ketişi kutiladi. Çunki kimdir qölingizga bir dasta pul tutqazişi ehtimoli bor. Asabni ehtiyot qiling. Ovqatlaniş me’yorlariga amal qiling.

Buzoq (21.04 — 21.05)
28-noyabr kuni xayolingizda atrofdagilar göyo sizni mensimayotgandek, nuqul ayblayotgandek tuyulaveradi. Lekin bu könglingizga qora şarpalar çirmaşa boşlaganidan darak xolos. Şunday ekan, işxonada ham, oilada ham vaziyatni keskinlaştirişga urinmang. Bu sizga juda qimmatga tuşişi mumkin. Muhabbatda mağrurlikdan qoçing. Arşi a’loda faqat fariştalargina yaşay olişini esga oling.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Hali uzoq yillar muloqot qilişingiz, işlaşingiz lozim bölganlar bilan oradagi munosabatlarni buzmang. Yetakçilikka urinişni bas qiling. Bu lavozim rahbarlaringizga siylov. Siz zimmangizdagi vazifani çin köngildan ado eting, vassalom. Muhabbatda oila qurmaganlar hozirdanoq borliğini bölğusi juftiga topşirib qöyişdan tiyilsinlar. Tijorat bilan boğliq safar bugun muvaffaqiyatli keçadi.

Qisqiçbaqa (22.06 — 23.07)
28-noyabr kuni özingizga haddan ziyod işonib yubormang va sirlaringizni duç kelganga oşkor etaverişdan nari böling. Aks holda yöq joydan muammo orttirib olasiz. Moliyaviy muammolar keçki paytga yaqin ijobiy hal bölişi mumkin. Muhabbatda vaziyatni keskinlaştiradigan harakatlarni sodir etmang. Taqdirda boriga şukr qiling. Salomatlikni asrang. Kunning ikkinçi yarmida xonadoningizga mehmonlar taşrif buyurişi mumkin.

Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun kun davomida kam işlab köproq dam olişingiz tavsiya etiladi. Moddiy ahvolingiz yaxşi. Demak, xaridlar qilişdan, köngil yozişdan va sayr-u sayohatlardan sira boş tortmang. Ançadan beri bir kuningizni suyukli insoningizga bağişlaş orzusida yurgan bölsangiz, öşa kun keldi. Muhabbatda ayrimlarning mağlubiyati kutilmaganda ğalabaga aylaniş ehtimoli bor. Ovqatlaniş rejimini buzmang. Keçqurun toza havoda sayr qilib, oilangiz davrasida dam oling.

Parizod (24.08 — 23.09)
28-noyabr kuni köpçilikka kasbingizning haqiqiy ustasi ekaningizni namoyiş etişingizga töğri kelişi mumkin. Lekin buni heç kimni ranjitmagan, hamkasblar orasidagi hasadgöylarning hasadini qözğatmagan holda ado eting. Ortiqça asabiy lahzalarni yaqiningizga yölatmang va iloji boriça xotirjamlik bilan iş bajaring. Işning katta-kiçigiga qarab ötirmang. Xaridlarga berilmang. Yangi yil bayrami uçun pul yiğing. Oila qurmaganlar bugun romantik uçraşuvga çiqişlari kutiladi.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Kunning birinçi qismida oilaviy muammolar, rözğor ikir-çikirlari bilan şuğullaning. Bir söz bilan aytganda, bugun siz uçun oila va rözğor birinçi örinda turişi lozim. Ijodiy işlar bilan şuğullaniş, tabiat qöyniga çiqib kiçik oilaviy bayram uyuştiriş xayrli keçadi. Şu bahonada salomatligingiz ham birmunça mustahkamlanadi, kayfiyatingiz kötariladi. Immunitetni kötariş uçun mavsumiy mevalarni köproq iste’mol qiling.

Çayon (24.10 — 22.11)
28-noyabr kuni bölar-bölmas işlarni nari suring-da, böladigani, köproq pul keltiradigani bilan band böling. Tadbirkorlar ham bugun moddiy ahvoliga bir nazar taşlab qöyişsa, ziyon qilmaydi. Kunning ikkinçi yarmida xususiy mulk va meros masalasidagi amallar omadli ötadi. Muhim hujjatlarga imzo qöyişda sergaklikni qöldan bermang. Keçqurun uxlab köradigan tuşingiz öngidan kelişi ehtimolga yaqin.

Öqotar (23.11 — 21.12)
Hayotga optimistik nazar bilan boqişingiz tavsiya qilinadi. Şu bilan birga işni puxta reja asosidagina amalga oşiring. Quruqdan-quruq tavakkal qilgan holda bajarilgan iş naf keltirmaydi. Bugun şaxsiy biznesni oçiş va internet orqali pul işlab topiş muvaffaqiyat keltirişi mumkin. Keçqurun oilasizlarning ba’zilariga tanlagani, işongani va sevgan insoni muhabbat izhor qilişi kutilmoqda.

Toğ eçkisi (22.12 — 20.01)
28-noyabr kuni ançadan beri bartaraf etilmay yotgan muammolarni ado etiş uçun bor kuçingizni taşlang. Şu narsa bugungi moddiy ahvolingiz juda yaxşi darajaga yetişida muhim ahamiyat kasb etişi mumkin. Kun davomida yaqinlaringiz bilan tez-tez muloqot qiling. Kunning ikkinçi yarmida oila qurmaganlarni romantik uçraşuv kutadi. Orzularingiz haqiqatga aylana boşlaşi ana şu uçraşuvdayoq aniq sezilib qoladi. Surunkali xastalikka çalinganlar muolajalar haqida qayğurişlari lozim.

Qovğa (21.01 — 19.02)
Kuningiz taşvişlar va qaynoq vaziyatlarga boy böladi. Qaysidir işlarni puxta rejalaştirişingiz, ba’zilaridan butkul yuz burişingizga töğri keladi. Mayda-çuyda xatoliklarga yöl qöysangiz, özingizni ayblamang. Bu xatolarni yöl-yölakay tuzatsa böladi. Işxonangizda zimmangizdagi vazifalar soni kamaysa, bilingki, mukofotdan quruq qolasiz. Şuning uçun işni tanlab ötirmang. Mayda yumuşni ham alohida havas va muhabbat bilan ado eting, mevasini albatta körasiz.

Baliq (20.02 — 20.03)
28-noyabr kuni özingiz jondan sevgan inson bilan orangizdagi munosabatlarni yanada mustahkamlaş uçun qulay şaroit tuğiladi. Bu masalada qalbingizga quloq tutmang. Tafakkurni işga soling. Ayrim işlarni bajarişda döstlaringiz yordamga kelişi mumkin. Bu yaxşi. Ammo moliyaviy muammolarni bartaraf etişda baribir öz kuçingizga işonişga majbursiz.

Tepada yozilganlarga işoniş-işonmaslik, albatta, har kimning öziga havola. Lekin, bularni şunçaki öqişning özi boşqaça…

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version