Buxoro yangiliklari
«Buxoro» U21 «Maş’al»ni yengib, kumuş medallarni naqd qildi

«Buxoro» U21 jamoasi yoşlar çempionatining 29-turida «Maş’al» U21 ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Buxoroliklar mavsum tugaşiga bir tur qolganida ikkinçi örinni kafolatladi. Bu haqda «Buxoro» professional futbol klubi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Uçraşuv yakuniga köra, Mirşod Muxammadov 10-daqiqada hisobni oçdi. Mironşoh Şonazarov 78-daqiqada ikkinçi golni urdi.
Jamoani Mirislom Xasanov va Suxrob Ne’matov boşçiligidagi murabbiylar ştabi mavsum davomida tayyorladi. Klub rahbariyati jamoaning barqaror öyinini ta’kidlab, futbolçilar, murabbiylar va jamoaning barça a’zolarini kumuş medal bilan tabrikladi.