Buxoro yangiliklari
Buxoroda bastakorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça memorandum imzolandi

Buxoro viloyati madaniyat boşqarmasi va «Kompozitorlar va bastakorlar ijodiy birlaşmasi» hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat viloyatda kompozitorlik va bastakorlik san’atini rivojlantirişga qaratilgan. Bu haqda Buxoro viloyati madaniyat boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Memorandumni viloyat madaniyat boşqarmasi boşliği Jonibek Ravşanoviç Jumayev va ijodiy birlaşma rahbari Rustam Abdullayev imzoladi.
Hamkorlikda milliy va jahon musiqa merosini tarğib etiş, taniqli ijodkorlar bilan işlaş hamda yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş rejalaştirilgan.
Memorandum doirasida konsertlar, ijodiy keçalar, festivallar, tanlovlar, mahorat darslari va ijodiy uçraşuvlar ötkazilişi közda tutilgan. Tomonlar musiqa san’ati sohasidagi istiqbolli loyihalarni ham birgalikda amalga oşiradi.