Buxoro yangiliklari

Buxoroda eng kuçli universitetlarga uç nafar öquvçi kiritgan markaz rahbariga BYD beriladi

Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Buxoroda «Öquv markazlari forumi — 2026» doirasida yoşlarni til örganişdan boşlab kasb egallaş va qonuniy işga joylaşişgaça qöllab-quvvatlaş böyiça memorandum imzolandi. Unga viloyat yoşlar işlari boşqarmasi, Migratsiya agentligining viloyat filiali hamda Kasbiy ta’lim boşqarmasi qöl qöydi. Bu haqda Buxoro viloyati yoşlar işlari boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Forumda viloyat hokimi Botir Zaripov xususiy öquv markazlari rahbarlari, yoş tadbirkorlar va yoşlar bilan uçraşdi. Viloyat hokimligi ma’lumotiga köra, dunyoning eng kuçli önta universitetidan biriga yoki bir neçtasiga kamida uç nafar öquvçisini kiritgan markaz rahbariga BYD Çazor avtomobili berilişi e’lon qilindi.

Viloyat Yoşlar markazidagi forumda yirik xususiy öquv markazlari, «Kömak» dasturi va «2+6» loyihasi iştirokçilari, viloyat idoralari vakillari hamda öz öquv markazini oçişni rejalaştirayotgan yoşlar qatnaşdi. Körgazma pavilyonlarida markazlar öz dasturlari, ta’lim usullari va öquvçilarining natijalarini namoyiş etib, taşrifçilarga ma’lumotnoma tarqatdi.

Hokimlik ma’lumotiga köra, viloyatda 594 ta umumta’lim maktabi, 38 ta texnikum, 10 ta oliy ta’lim muassasasi va 1 600 dan ortiq xususiy öquv markazi işlamoqda. Uçraşuvda xususiy markazlarda ta’lim sifatini oşiriş, xorijiy tillarni öqitiş va yoşlarning xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş muhokama qilindi.

Botir Zaripov Buxoroning ilmiy-ma’rifiy merosini zamonaviy bilimlar bilan uyğunlaştiriş, malakali ustozlar tajribasidan foydalaniş va yoşlarning IELTS hamda TOEFL kabi imtihonlarga, şuningdek, CEFR darajalarini tasdiqlovçi sertifikatlarga tayyorlanişi uçun şaroit yaratiş haqida gapirdi. U Garvard, Oksford, Kembrij, MIT va Stenford kabi yetakçi universitetlarni misol keltirdi.

Viloyat yoşlar işlari boşqarmasi boşliği Şavkat Rahmonov til ta’limini qöllab-quvvatlaş böyiça erişilgan natijalar, markazlar bilan hamkorlikning yangi yönalişlari hamda loyihalarni amalga oşiriş mexanizmlarini taniştirdi. «Muvaffaqiyat tarixi» qismida markaz rahbarlari öquvçilarni xalqaro sertifikatlar va xorijiy universitetlarga tayyorlaş tajribasini örtoqlaşdi.

Xususiy öquv markazlari rahbarlari faoliyatidagi tösiqlar va ularni bartaraf etiş böyiça takliflarini bevosita hokimga bildirdi. Tegişli taşkilot rahbarlariga murojaatlarni örganiş va aniq çoralarni belgilaş vazifasi topşirildi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version